Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

Breaking News! Samvel Babayan «Lokomotiv»da ish boshladi

Breaking News! Samvel Babayan «Lokomotiv»da ish boshladi

Baho:
+ | -3
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbek futbolining taniqli va tajribali mutaxassislaridan biri Samvel Babayan “Lokomotiv” futbol klubida faoliyat olib boradi. Samvel Vyacheslavovich “Lokomotiv” professional futbol klubi prezident maslahatchisi etib tayinlandi.

Futbol muxlislariga yaxshi ma’lum, Samvel Babayan asosan “Paxtakor” futbol klubidagi bir necha yillik faoliyati orqali keng jamoatchilikka tanilgan. Uning katta tajribasi hamda o‘zbek futbolidagi samarali mehnatini inobatga olib “Lokomotiv” PFK rahbariyati ishga taklif etdi.

Samvel Babayan “Paxtakor”dagi faoliyati davomida ko‘plab yutuqlarni qo‘lga kiritgan. U rahbarlik qilgan yillari “Paxtakor” 9 bor mamlakat milliy chempionati hamda 8 marta O‘zbekiston Kubogi g‘olibi deb topilgan. Bundan tashqari “Paxtakor”ning ikki bor (2002/2003, 2004) Osiyo chempionlar ligasi yarim finaliga yetib borishida, 2002 yil mavsum yakunlariga ko‘ra “Osiyoning eng yaxshi futbol klubi” deb topilishida, shuningdek MDH Kubogining 2007 yilgi musobaqasida chempion bo‘lishi hamda keyingi yil finalga qadar yetib borishida qo‘shgan hissasi katta.

Bundan tashqari Samvel Babayan O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida ham samarali mehnat qilgan va uning qo‘l ostida 42 nafar futbolchi mamlakat bosh jamoasida o‘z debyutini nishonlagan. Shuningdek, Samvel Vyacheslavovich turli yillarda O‘zbekistonning olimpiya, yoshlar va o‘smirlar terma jamoalariga “Paxtakor” menejeri sifatida 200ga yaqin futbolchilarni tarbiyalab bergan. Yana shuni ta’kidlash joiz, Samvel Babayan o‘zbek futboliga qo‘shgan ulkan hissasi tufayli ikki bor O‘zbekistonning “Eng yaxshi murabbiyi” deb topilgan.

O‘ylaymizki, shunday mutaxassisning katta tajribasi endilikda “Lokomotiv” futbol klubining ham yangi bosqichga chiqishida qo‘l keladi. Samvel Babayan oldiga “Lokomotiv” PFK prezidenti Radjapov Mansur Kuchkarovich tomonidan quyidagi asosiy vazifalar belgilab qo‘yildi:

1. Klub infratuzilmasini ko‘tarish hamda yangi bosqichga olib chiqish;

2. “Lokomotiv” bolalar va o‘smirlar futbol maktabini rivojlantirish va zamonaviy faoliyat yuritishini yo‘lga qo‘yish;

3. Klub material-texnik bazasini yanada shakllantirish hamda buning uchun kerakli barcha chora-tadbirlarni amalga oshirish.

“Lokomotiv” futbol klubi uchun Samvel Babayandek yetuk futbol mutaxassisini o‘zaro hamkorlik asosida ish yuritishga taklif etish katta sharaf hisoblanadi hamda u kishining keyingi faoliyatiga omad tilab qolamiz.

Manba: Lokomotiv.uz
Kiritildi: 16:56, 26.02.2019.
O'qildi: 7626 marta.
Fikrlar: 40 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.