Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

AGMKga «Surxon» 12,1 million, «Andijon» 16,5 million so‘m o‘tkazib berishi kerak

AGMKga «Surxon» 12,1 million, «Andijon» 16,5 million so‘m o‘tkazib berishi kerak

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

"Futbol klublari futbolchilar bilan istalgan vaqtda shartnoma tuzadi va istalgan vaqtda uni bekor qiladi. Shu holatni kamaytirish uchun 2019 yildan boshlab umumiy shartnomalar joriy qilgandik.

Oybek Qilichev va Abduqahhor Hojiakbarov shu yilning 3 yanvar kuni AGMK bilan 1 yillik shartnoma imzolagan. Klub Hojiakbarov bilan shartnomani 8 fevral sanasida, Qilichev bilan shartnomani 16 fevral sanasida bekor qilgan. Futbolchilar esa bu vaqt oralig‘ida AGMK klubidan oylik maosh olgan.

Yangi qoidaga ko‘ra, mana shu futbolchilar bilan yangi shartnoma qiladigan klub ulardan foydalanishi uchun AGMK hisob raqamiga pul o‘tkazib berishi kerak. Ya’ni, shu futbolchilar AGMK orqali ishlab topgan puldan 1 so‘m bo‘lsa-da ko‘p o‘tkazilishi shart. Yo‘qsa, bu futbolchilar yangi jamoasi safida maydonga tusha olmaydi.

Agar mazkur futbolchilar transfer oynasi yopiladigan 7 mart sanasiga qadar o‘ziga yangi klub topa olmaganida edi, AGMK bu futbolchilarning oylik maoshlarini yozgi transfer oynasi ochiladigan 9 iyul sanasiga qadar to‘lab borishga majbur bo‘lardi.

Ayni vaqtda Abduqahhor Hojiakbarov xizmatidan foydalanishni istayotgan “Surxon” futbol klubi AGMK hisob raqamiga tahminan 12,1 million so‘m, Oybek Qilichevni o‘ynatishni istayotgan “Andijon” esa 16,5 million so‘m o‘tkazib berishi shart.

Shuningdek, AGMK klubi bosh direktori PFL tomonidan ogohlantiriladi. Boisi u shartnomalarda ko‘rsatilgan bandlar haqida yaxshi bilishi hamda futbolchilar bilan shartnomani PFLni ogohlantirgan holda bekor qilishi kerak edi", -deyb yozadi Diyor Imomxo‘jayev.

Manba: Диёр Имомхўжаев телеграм канали
Kiritildi: 14:33, 28.02.2019.
O'qildi: 6049 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик