Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/09 00:00 Betis 1-0 Real Madrid
05/09 00:00 Ipsvich 0-2 Liverpul
05/09 16:30 Nyukasl 2-2 Bornmut
05/09 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Dinamo
05/09 18:00 So‘g‘diyona 5-2 Mash’al
05/09 18:00 Fiorentina 1-2 Torino
05/09 19:00 Brentford 1-1 Sanderlend
05/09 19:00 Brayton 1-1 Lids
05/09 19:00 Fulhem 2-3 Kristal Pelas
05/09 19:00 Manchester Siti 1-0 Koventri Siti
05/09 19:00 Nottingem Forest 0-0 Tottenhem
05/09 19:15 Atletik Bilbao 3-0 Atletiko
05/09 20:15 Qizilqum 3-2 Buxoro
05/09 21:00 Inter 3-2 Napoli
05/09 21:30 Rayo Valyekano 3-2 Rasing
05/09 21:30 Xall Siti 0-0 Aston Villa
05/09 23:45 Roma 2-1 Atalanta
06/09 00:00 Vilyarreal 2-3 Deportivo
06/09 18:00 Everton - Man. Yunayted
06/09 18:00 Frozinone - Venetsiya
06/09 18:00 Parma - Monsa
06/09 19:15 Valensiya - Barselona
06/09 20:30 Arsenal - Chelsi
06/09 21:00 Bolonya - Sassuolo
06/09 21:30 Osasuna - Alaves
06/09 21:30 Malaga - Levante
06/09 23:45 Yuventus - Milan
07/09 00:00 Espanyol - Sevilya
07/09 21:30 Kalyari - Lechche
07/09 22:00 Xetafe - Selta
07/09 23:45 Udineze - Lasio

«Navbahor» U-21 chorak finalga yo‘l oldi

«Navbahor» U-21 chorak finalga yo‘l oldi

Baho:
+ | -

Namanganning “Navbahor” U-21 yoshlar jamoasi Andijon viloyatida 24 fevraldan start olgan “Hokim kubogi - 2019” musobaqasida qatnashmoqda.

Mazkur turnirning “A” guruhidan joy olgan “lochinlar” guruh doirasidagi so‘nggi bahsni bugun Andijonning “UzDongYang” jamoasiga qarshi o‘tkazib, 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Rahim G‘ofurov shogirdlaridan gollarga Abdurasul Qayumbayev va Sherzod G‘ulomjonov (penaltidan) mualliflik qildi.

O‘z navbatida “Navbahor” yoshlari uchrashuvning hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtida 11 metrli jarima zarbasini amalga oshirish huquqini qo‘lga kiritdi va penaltini zaxiradan maydonga tushirilgan Sherzod G‘ulomjonov aniq amalga oshirib, jamoasiga g‘alaba keltirgan golni urganligini ham ta’kidlash joiz.   

“UzDongYang”ga qarshi kechgan bahsda “Navbahor” tarkibida quyidagi futbolchilar harakat qildi: Mirjalol Mamatxonov, Rahim Sharipov, Shahzod Hamidov, Sodiq Ortiqov, Mirjalol Abdumutalov, Ayubxon  Jo‘rayev, Qodir Ikromov, Komil Tojiddinov, Ulug‘bek Aknazarov, Abdurasul Qayumbayev, Bobirshoh Sobirov.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Sherzod G‘ulomjonov, Husayn Ergashev, Abdulaziz Jalilov.    

Ushbu yutuqdan so‘ng “Navbahor” yoshlari chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Mazkur bosqichda Rahim G‘ofurov shogirdlariga qaysi jamoaning raqib bo‘lishi ertaga ma’lum bo‘ladi.

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 18:18, 01.03.2019.
O'qildi: 2842 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик