Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Og‘ir atletikachilar o‘smirlar o‘rtasidagi JCHda ishtirok etish uchun AQSHga yetib borishdi

Og‘ir atletikachilar o‘smirlar o‘rtasidagi JCHda ishtirok etish uchun AQSHga yetib borishdi

Baho:
+ | -

8-15 mart kunlari AQSHning Las-Vegas shahrida og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida navbatdagi jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. E’tiborlisi, unda terma jamoamiz vakillari ham yurtimiz sharafini himoya qiladilar.

O‘zbekiston og‘ir atletika federasiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Shahrullo Mahmudov boshchiligidagi delegasiyamizning bir qismi, aniqrog‘i qizlar terma jamoamiz kecha okean ortiga yetib borishdi va mashg‘ulotlarni bevosita AQSHda davom ettirishmoqda.

Tarkibda o‘tgan yili Argentinada bo‘lib o‘tgan o‘smirlar Olimpiadasida oltin medalni qo‘lga kiritgan, o‘zbek sporti tarixida qizlar o‘rtasidagi birinchi jahon chempioni Kumushxon Fayzullayeva kabi iste’dodli vakillarimizni ko‘rish mumkin. Ushbu musobaqada ishtirok etish uchun terma jamoamiz murabbiylari quyidagi sportchilarni tanlab olishdi:

-55 kg: Og‘abek Nafasov;
-67 kg: Hojiakbar Olimov va Asadbek Narimonov;
-73 kg: Og‘abek To‘xtayev;
-96 kg: Mirhosil Mirzaboyev;
-45 kg: Nigora Abdullayeva;
-59 kg: Nigora Suvonova;
-64 kg: Kumushxon Fayzullayeva;
-76 kg: Tursunoy Jabborova.

Musobaqada 100 ga yaqin mamlakat vakillari ishtirok etishi kutilmoqda. Qizlarimiz Las-Vegasda tayyorgarlikning so‘nggi bosqichini olib borayotgan bo‘lishsa, o‘smirlarimiz AQSHga 7 mart kuni yetib borishadi. So‘nggi yillarda og‘ir atletika bo‘yicha terma jamoamiz a’zolari birorta nufuzli xalqaro musobaqadan medalsiz qaytishmayapti.

Umid qilamizki, bu gal ham ushbu chiroyli an’ana davom etadi. Terma jamoamiz vakillarining dastlabki chiqishi 9 mart sanasiga belgilangan. Jahon chempionati 15 mart kuniga qadar davom etadi. Milliy olimpiya qo‘mitasi mazkur nufuzli musobaqada o‘zbekistonlik yosh atletlarga omad va zafarlar tilab qoladi.

Manba: Olympic.uz
Kiritildi: 09:58, 05.03.2019.
O'qildi: 1884 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик