Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

Jismoniy tarbiya va sport universiteti murabbiylik bo‘yicha uchrashuv tashkil qildi

Jismoniy tarbiya va sport universiteti murabbiylik bo‘yicha uchrashuv tashkil qildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi O‘zbekiston Davlat Jismoniy tarbiya va sport universiteti bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygani haqida avval xabar berib o‘tgandik.   Mazkur hamkorlikdan asosiy maqsad Universitet talabalari orasida futbol hakamligi va murabbiyligi bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, xalqaro musobaqalarda faoliyat olib boradigan iqtidorli hakamlar va iste’dodli murabbiylarni tayyorlashdan iborat.    Shunga ko‘ra bugun O‘FA Murabbiylar ta’limi departamenti tomonidan O‘zbekiston Davlat Jismoniy tarbiya va sport universiteti talabalari bilan uchrashuv tashkil qilindi.    Uchrashuv davomida murabbiylik sohasining o‘ziga xos tomonlari haqida so‘z yuritilib, bu kasbni tanlashga qaror qilgan talabalardan qanday jihatlar talab qilinishi haqida gapirib o‘tildi. Shuningdek, murabbiylar yosh futbolchilar bilan ishlashda o‘ziga xos ruhshunos bo‘lishlari zarurligi, bolalarning psixologiyasidan kelib chiqib ular bilan mashg‘ulotlar tashkil qilish zarurligi haqida ma’lumot berildi. Murabbiylik faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan yoshlarga ishni nimadan boshlash haqida amaliy maslahatlar berildi. 

Endilikda O‘zbekiston Davlat Jismoniy tarbiya va sport universitetining 3-kursida ta’lim olayotgan murabbiylik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan talabalar saralab olinib, ular murabbiylik o‘quv kurslarining dastlabki bosqichlariga jalb qilinadi. Mazkur talabalar 4-kursda lisenziyani qo‘lga kiritgan holda ish faoliyatini boshlashi mumkin bo‘ladi.    Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 2 mart kuni O‘zbekiston Davlat Jismoniy tarbiya va sport universitetid hakamlik mavzusida talabalar bilan dastlabki uchrashuv tashkil qilingandi. Unda taniqli hakam, FIFA referisi Ravshan Ermatov o‘z guruhi bilan ishtirok etib, talabalar bilan suhbat o‘tkazgandi.




 

Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 08:51, 06.03.2019.
O'qildi: 1546 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик