Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm 2-1 Dinamo
03/04 19:00 Navbahor 2-1 Mash’al
03/04 20:15 Nasaf 1-0 Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona

Akmal Xolmurodov: «Dinamo» - «Nasaf» uchrashuvi shiddatli o‘tishiga shubham yo‘q»

Akmal Xolmurodov: «Dinamo» - «Nasaf» uchrashuvi shiddatli o‘tishiga shubham yo‘q»

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Barchamiz intiqlik bilan kutayotgan yangi mavsum oldidan “Dinamo” jamoasi taqdimot marosimini o‘tkazdi. Tadbir Samarqand viloyat hokimi Erkinjon Turdimov, yuzlab muxlislar va OAV ishtirokida o‘tdi.

Yangi futbolchilarni tanishtiruv marosimidan so‘ng “Dinamo” jamoasi sardori Akmal Xolmurodovning boshlanayotgan Soca-Cola Superligasi bahslari haqidagi fikrlari bilan tanishdik.

- Avvalambor, barchani yangi futbol mavsumi bilan tabriklayman. Bugun taqdimot marosimi ajoyib, yuqori darajada o‘tdi. Katta zalda yuzlab muxlislar va viloyat hokimi ishtirokida biz futbolchilarni bu daraja katta e’tibor bilan kutib olishlarini kutmagandik. Ishonch uchun rahmat, bunday e’tibor va ishonchni oqlash uchun bor kuchimizni ishlatamiz.

Yangi mavsum oldidan puxta tayyorgarlik ko‘rdik deb o‘ylayman. Yig‘inimiz yakunida Superligaga o‘ynashimiz aniq bo‘lgach, bu barcha futbolchilarga ham qo‘shimcha mas’liyat va motivasiya berdi. “Dinamo” katta bir oilaga aylangan. Menimcha, bizning eng katta kuchimiz birdamligimizda.

Dastlabki turda “Nasaf”ga qarshi o‘ynaymiz. Ushbu jamoa hurmatga sazovor raqibdir. “Dinamo” – “Nasaf” uchrashuvi jangovar va shiddatli o‘tishiga shubham yo‘q. Tanishtiruv marosimida yuzlab muxlislardan sezdimki, butun Samarqand katta futbolni sog‘inib qolgan. O‘ylaymanki, “Dinamo” – “Nasaf” uchrashuvida o‘yingoh muxlislar bilan liq to‘lib, samarqandlik ishqibozlar bizning “12-o‘yinchi”mizga aylanishadi. Barchani shanba kuni “Dinamo” stadioniga chorlab qolaman.

Manba: www.pfcdinamo.uz
Kiritildi: 09:51, 09.03.2019.
O'qildi: 2467 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик