Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

«So‘g‘diyona» U-21 maydoni yuzasidan klub rahbariyati kafolat xati taqdim etdi

«So‘g‘diyona» U-21 maydoni yuzasidan klub rahbariyati kafolat xati taqdim etdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Bugun — 9 mart sanasida “So‘g‘diyona” va “Bunyodkor” klublarining U-21 jamoalari 1-tur doirasida maydonga tushishi kerak edi.

Ayni vaqtda “So‘g‘diyona” o‘rinbosarlari to‘p suradigan majmuada ta’mirlash ishlari davom etmoqda. Professional futbol ligasi o‘yingohlarda rekonstruksiya ishlarini olib borayotgan jamoalarga imkoniyat berayotgani barchaga ma’lum. Shundan kelib chiqib, “So‘g‘diyona” U-21 va “Bunyodkor” U-21 jamoalari o‘rtasidagi bellashuv sun’iy qoplamali stadionda bo‘lib o‘tadi.

Uchrashuv komissari Jahongir Rahmatullayev o‘yin o‘tishi kerak bo‘lgan maydonda ayrim kamchiliklarni aniqladi. Xususan, darvoza to‘rlari, ustun va to‘sinlaridagi kamchiliklarni ko‘z bilan bemalol ilg‘ash mumkin edi. Shuningdek, sun’iy qoplamada ham muammolar bor. 

Komissar talabi bilan darvozalarga yangi to‘r olib kelindi, ustun va to‘sinlardagi hunuk manzaralar bartaraf etildi. Biroq qoplamani bir kunning o‘zidayoq tartibga keltirishning imkoniyati yo‘q. 

“So‘g‘diyona” jamoasi U-21 jamoasi to‘p suradigan maydon qachon to‘liq ta’mirdan chiqishi aniq emas. Shundan kelib chiqib, Professional futbol ligasi “So‘g‘diyona” klubining oldiga jiddiy talab qo‘ydi. Klubning keyingi uy uchrashuviga qadar yo sun’iy maydondagi muammolar to‘liq bartaraf etilishi kerak yoki U-21 jamoalar uchrashuvni asosiy maydonda o‘tkazadi. Shuningdek, zaxira maydonidagi ta’mirlash ishlari eng kamida birinchi davra yakuniga qadar bitishi kerak.  

“So‘g‘diyona” klubi rahbariyati O‘zPFL talabini qabul qildi va navbatdagi uy uchrashuviga qadar kafolat xati taqdim etdi. Bu kabi holatlar qolgan klublar uchun ham o‘rnak o‘rnida xizmat qilishi kerak. Joriy mavsumdan e’tiboran U-21 jamoalarga bee’tibor bo‘lgan klublarni jiddiy sanksiyalar kutadi. Agar U-21 jamoalar ishtirokidagi ikki uchrashuv o‘z vaqtida bo‘lib o‘tmasa, u holda asosiy jamoa ham ligadan chetlashtirilishi mumkin.

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 15:54, 09.03.2019.
O'qildi: 1977 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик