Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio 2-1 Piza
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Javohir Esonqulov: «Javohir Sidiqov bilan aka-ukamiz»

Javohir Esonqulov: «Javohir Sidiqov bilan aka-ukamiz»

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

“Qo‘qon-1912” klubiga yangi kelib qo‘shilgan Javohir Esonqulov “Vodiy derbisi”da yaxshi taassurot qoldirdishuning uchun ushbu futbolchi bilan qisqacha suhbatda bo‘ldik.

– Avvalo, «Qo‘qon-1912» oilasiga xush kelibsiz. Jamoaga moslashib oldingizmi ?

– Assalomu-alaykum. Jamoaga tezda moslashib oldim. Futbolchilar hammasi bir-biri bilan ahil. Jamoada meni yaxshi kutib olishdi. Murabbiylarimizning munosabatlari ham juda yaxshi. Qo‘qonlik muxlislarga ham salomlarimni yetkazing.

– «Navbahor»ga qarshi o‘yin haqida fikrlaringiz

– O‘yin haqiqiy “derbi”ga xos shiddatli va keskin kurashlar ostida o‘tdi. Maydonda haqiqiy “jang” bo‘ldi. Har ikki jamoada ham g‘alaba qozonish imkoniyati bor edi. O‘yindan zavq oldim. Futbol paytida do‘st, mashhurlik degan narsalar bo‘lmaydi. Maydonda hamma bir xil. Maydonga tushganimda faqat raqiblarning formasiga qarab ajrataman . kimga qarshi o‘ynayotganligimni ahamiyati yo‘q. Qaysidir yulduz futbolchini borligi meni cho‘chitmaydi.
O‘yindan tugaganidan keyin namanganlik muxlislarning qilgan qiliqlari bizga yoqmadi. Bu futbolchilarga bo‘lgan hurmatsizlik deb bilaman. “Navbahor” yuta olmasa bizda ayb emasku. O‘z futbolchilaridan norozi bo‘lishsin, raqibdan emas.

– O‘z o‘yiningizdan qoniqdingizmi ?

– O‘yinimdan biroz qoniqdim. Chunki, bir yillik tanaffusdan keyin yana maydonga tushdim va o‘zimni ko‘rsatishga harakat qildim. Bir yil jarohatimni tiklashga majbur bo‘ldim. Agar “Navbahor”ga qarshi bahsda yuzaga kelgan ikkita imkoniyatning bittasidan samarali foydalanib gol urganimda edi, o‘yinimdan yuz foiz qoniqish hosil qilgan bo‘lardim.

– Qo‘qonlik muxlislar sizni jamoani tark etgan adashingiz Javohir Sidiqovning o‘rnini bilintirmaydi deb ishonishmoqda. O‘zingiz nima deysiz bu fikrga ?

– Muxlislar ishonch bildirayotgan ekan, ularning ishonchini oqlashga harakat qilaman. Javohir Sidiqov O‘zbekistonning yaxshi futbolchidan biri. U kishi bilan yaqin qadrdon, aka-ukadekmiz. Sidiqovga qarshi bir necha bor o‘ynaganman. Muxlislar ishonchini oqlashga harakat qilaman. Buning uchun tinmay mehnat qilaman.

– Sizni jamoaga kim taklif qildi? Shartnomangiz qancha muddatli ?

– Meni jamoaga Aziz To‘xtaboyev taklif qilgan. No‘’mon Hasanov ham mening o‘yinlarimni kuzatgan. Mashg‘ulotlarda astoydil ishlashga harakat qilyapman. Bosh murabbiyimizga asosiy tarkibda imkoniyat berganlari uchun rahmat aytaman, ishonchlarini oqlashga harakat qilaman.

“Qo‘qon-1912” jamoasi bilan tuzilgan shartnomam hozircha bir yilga mo‘ljallangan. Yaxshi o‘ynab tursam, murabbiylar va rahbariyatningshonchiga sazovor bo‘lsam kelajakda yana sharnomani uzaytirarmiz deb o‘ylayman.

– Qo‘qonlik muxlislarga tilaklaringiz

– Qo‘qonlik muxlislari jamoamizga jon kuydirib ishqibozlik qilishsin. Ularni uyaltirib qo‘ymaslikka harakat qilamiz. Biz har doim muxlislar bilan birgamiz. Muxlislar bilan bir oila bo‘lishimiz kerak. Qaysidir muxlisimiz men bilan uchrashmoqchi bo‘lsa , men doim tayyorman. Biz futbolchilar ular uchun maydonga tushamiz. Qo‘qonlik muxlislar jamoamizni yolg‘izlatib qo‘ymasliklarini ko‘rdim. Hammasi a’lo darajada. Hamma muxlislarimizga katta raxmat, salomat bo‘lishsin !

Manba: kokand1912.uz
Kiritildi: 09:48, 12.03.2019.
O'qildi: 3477 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик