Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

OFK vakillari Superliga klublari marketologlari uchun seminar tashkil etishdi

OFK vakillari Superliga klublari marketologlari uchun seminar tashkil etishdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston Professional futbol ligasi majlislar zalida Superliga klublari marketing bo‘limi xodimlari uchun seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminar Osiyo Futbol Konfederasiyasining strategik rejalashtirish, marketing va infratuzilma masalalari bo‘yicha yo‘riqchisi Elnur Mamedov hamda OFKning Ligalarni rivojlantirish qo‘mitasi Markaziy va Janubiy Osiyo bo‘yicha vakili Yogesh Desai tomonidan o‘tkazildi.

Unda klublarda marketing bo‘yicha olib boriladigan chora-tadbirlar, muxlislarni stadionlarga jalb qilish, homiylar bilan ishlash, buning uchun ahamiyat qaratish kerak bo‘lgan jihatlar haqida so‘z yuritildi.

Professional futbol ligasi homiy tashkilotlar bilan ishlash borasida oxirgi 2 yil ichida katta o‘sishga erishgani, natijada 2 yildan beri Superliga titul homiyga ega bo‘layotgani, qolaversa, teletranslyasiyalar sifati oshib, futbol jamoatchiligining milliy chempionatimizga qiziqishi va e’tibori ortayotgani OFK vakillari tomonidan alohida ta’kidlandi.

Seminarda ko‘rilgan asosiy masalalar – Superliganing har bir klubi homiy tashkilotlar bilan yanada yaqin aloqalarni yo‘lga qo‘yishida e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan jihatlar, shuningdek, klublar ishqibozlari sonini ko‘paytirish, stadionga tashrif buyuradigan muxlislar sonini orttirishda klubning o‘z brendiga ega bo‘lishi muhim ekani muhokama etildi. Jumladan, klub o‘z brendini rivojlantirishda birinchi galda chiroyli va e’tiborni tez tortadigan logotipga ega bo‘lishi, o‘z timsoli, maskot va madhiyasiga ega bo‘lishi, maskot uchrashuvlar vaqtida ishqibozlarni yanada ruhlantirib, sevimli jamoalarini qo‘llab-quvvatlashga undashi, klub madhiyasi esa barcha tomonidan jo‘r bo‘lib kuylanishi va stadionda o‘yin oldidan va tanaffus vaqtida jarang sochishi lozimligiga alohida urg‘u berildi. Yana klublarning do‘konlari faqatgina o‘yin kuni emas, balki hafta davomida faoliyat ko‘rsatishi klubning o‘z ishqibozlari bilan yaqinlashishiga sabab bo‘lishi ta’kidlandi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 11:02, 14.03.2019.
O'qildi: 1804 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик