Kirish Ro'yxatdan o'tish

Jaloliddin Masharipov: «Finalga teng yana bir o‘yinda maydonga tushamiz»

Jaloliddin Masharipov: «Finalga teng yana bir o‘yinda maydonga tushamiz»

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

"Paxtakor" yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipov 1-turdagi Toshkent derbisi oldidan o‘yin haqida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- "Paxtakor" mavsumni juda yaxshi boshladi deb ayta olaman. Shu paytgacha biz deyarli to‘rtta final o‘yinida maydonga tushdik. Mavsumni shunday o‘yinlar bilan boshlashimizga to‘g‘ri keldi. Endi xuddi shunday maqomda yana bir uchrashuv o‘tkazamiz. Beshinchi uchrashuvimiz ham finalga teng bahsga aylanadi.

"Lokomotiv" yaxshi jamoa va ular bilan o‘ynash bizga doim yoqadi. Muxlislarni biz chiroyli o‘yin va g‘alabalar bilan stadionga qaytarishni maqsad qilganmiz. Ulardan stadionga kelib, bizni qo‘llab-quvvatlashda davom etishlarini so‘rab qolaman.

Manba: www.pakhtakor.uz
Kiritildi: 21:21, 15.03.2019.
O'qildi: 2838 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик