Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio 2-1 Piza
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Bunaqasini aniq eshitmagansiz! Futboldagi antirekordlar

Bunaqasini aniq eshitmagansiz! Futboldagi antirekordlar

Baho:
+ | -1

Futbol olamida tez-tez kutilmagan natijalar qayd etilib turishi odatiy xol, ammo shunday voqealar borki, bunaqasi kamdan-kam sodir bo‘ladi. Hozir e’tiboringizga ana shunday voqealarni havola etamiz.

APL dagi eng omadsiz jamoa

“Derby Kountry“ klubi 2007-2008-yilgi mavsumlarda 38 ta tur mobaynida 11 ochko jamg‘argan bo‘lib, klub o‘sha mavsumda atigi bir bor g‘alaba qozongan. To‘plar nisbati esa “qo‘rqinchili“ ahvolda. Raqiblar darvozasini 20 bor ishg‘ol qilgan “Qo‘chqorlar“ o‘z darvozalaridan 89 bor to‘p olib chiqishgan. O‘sha mavsumdagi omadsizlik ularni  keyinchalik chempionshipda ham ta’qib qildi va klub 3-divizionga tushib ketdi.

Gilermo Ochoa

“Granada“ klubi darvozaboni 2016-2017-yilgi mavsumda o‘z darvozasidan 82 bor to‘p olim chiqishga majbur bo‘ldi va yangi antirekordni o‘rnatdi. Eng qizig‘i shundaki, o‘sha mavsumda darvozabon yana bir rekord o‘rnatdi. Qahramonimiz bir mavsumda 163 bor seyf ijro etdi va bu borada rekordni yangiladi. O‘sha mavsum Ochoa qanchalar harakat qilmasin “Granada“ Ispaniya chempionatining 20-pog‘onasini oxirgi turlarga qadar hech kimga bermadi.

Eng yirik hisobdagi mag‘lubiyat

2002-yildagi Jahon chempionati saralashida Avstraliya Amerika Samoasiga qarshi maydonga tushadi va xalqaro darajadagi uchrashuvlar tarixidagi eng yirik hisobda g‘alaba qozonadi. Uchrashuv 32 : 0 hisobida “Kengrular“ foydasiga hal bo‘ladi. O‘sha uchrashuvda Archi Tomson 13 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol qildi va bu borada ham yangi rekordni o‘rnatdi. Ushbu g‘alabadan so‘ng FIFA Avstraliyani o‘z darajasidagi raqiblar bilan o‘ynash uchun Osiyo qit’asiga o‘tkazish borasida qaror qabul qiladi.

Klublar miqiyosidagi eng yirik mag‘lubiyat

Madagaskar chempionatidagi “Adema“ 149 : 0 “Lemir“

“Lemir“ klubi so‘nggi tur oldidan o‘tkazilgan uchrashuvda penaltidan urilgan yagona gol evaziga g‘alaba qozonadi. Madagaskar futbol federasiyasi o‘sha golni inobatga olmaydi va so‘nggi tur oldidan “Lemir“dan ochkoni olib tashlab chempionlik uchun imkoniyat qoldirmaydi. so‘nggi turda chempionlikni muddatidan avval hal qilgan “Ademe“ klubi mehmoni bo‘lgan “Lemir“ 90 daqiqa mobaynida o‘z darvozasiga tinimsiz gollar ura boshlaydi. Futbolchilar va murabbiylar shtabi  shu yo‘sinda o‘z baykotlarini namoyish qilishadi. O‘sha uchrashuvda har 36 soniyada bir bor darvoza ishg‘ol qilingani bilan yana bir rekord natija o‘rnatilgan.
Keyinchalik futbol ommasiga yashin tezligida tarqalgan ushbu hisob ortidan FIFA komissiya tuzib vaziyatni o‘rganish uchun Madagaskarga yuboradi. Oqibatda, “Lemir“ klubi murabbiyi va futbolchilari uzoq muddatga futboldan chetlatiladi.

Y.U

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 11:55, 18.03.2019.
O'qildi: 11570 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик