Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

Superliga futbol klublari vakillari ishtirokida semenar bo‘lib o‘tdi

Superliga futbol klublari vakillari ishtirokida semenar bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -

Kecha O‘zPFL binosida Superliga klublari vakillari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda marketing, homiylar bilan ishlash, stadionga ko‘proq muxlislar kelishini ta’minlash, klublarning sodiq va ashaddiy ishqibozlari sonini oshirish uchun amalga oshirlishi lozim bo‘lgan jihatlar muhokama qilindi.

Ta’kidlash lozim, ushbu yig‘ilish konstruktiv muloqot tarzida tashkil etildi va yig‘ilishda klublar vakillari barcha masalalar bo‘yicha savollarga javob olishdi. Dastlab, marketing va ushbu mavsumda titul homiy bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi. Xabaringiz bor, ushbu mavsumda O‘zbekiston Professional futbol ligasi yangi titul homiy –  Coca  Cola  brendi ostidagi dunyoga mashhur kompaniya bilan shartnoma imzoladi. Unga ko‘ra, ushbu titul homiy mavsumda barcha eksklyuziv va tijoriy huquqlarga egalik qilish bilan birga, klublarga merchendayzing va savdo shahobchalari bilan bog‘liq masalalarda yordam ko‘rsatadi.

Professional Futbol Ligasi marketing boshqarmasi ushbu mavsum uchun yangi tijoriy reglament ishlab chiqdi hamda klublarga taqdim etdi. Ta’kidlash lozim, bunday reglament birinchi marta klublar uchun taqdim etildi. Klublar tijorat bilan bog‘liq masalalarda aynan ushbu reglament asosida ishlashi va unga bo‘ysunishi belgilandi.

Yig‘ilish davomida klublarga chempionat yangi titul homiysi bilan bog‘liq masalalarda qanday yengilliklar berilishi yuzasidan savol bilan murojaat qilishdi. Avvalroq, yangi titul homiy bilan bog‘liq savollarga tashkilot javob bergan va yordam asosida klublardan ayollar futbol klublari uchun badal pullaridan voz kechgani, shuningdek, ligalardagi futbolchilarni sug‘urtalashni o‘z zimmasiga olgani haqida ma’lumot bergan edi. Hozircha O‘zPFL klublar tomonidan amalga oshiriladigan ma’lum harajatlar (hakam, nazoratchi va komissarlar yo‘l harajatlari)ni bir qismini o‘z hisobidan amalga oshirishi, keyinchalik bosqichma-bosqich homiylik pullaridan klublarga ham tegishli qismini ajratishi ta’kidlandi.

Yig‘ilish davomida yana muxlislar bilan ishlash masalasiga jiddiy e’tibor berilishi muhokama qilindi. Hozirga kelib, Superliganing ayrim klublarida muxlislar bilan ishlash, muxlislarni stadionlarga jalb qilish kabi masalalarda kamchiliklar borligi aytildi. Klublar O‘zPFL tomonidan qo‘yilgan talablarni ayrim holatlarda bajarmayotgani, bu masalaga yaxshiroq e’tibor qaratishi lozimligi uqtirildi. Masalan, ayrim klublar hozirga kelib muxlislar bilan ishlash uchun maxsus shtat ochmagani va ishga mutaxassis jalb etmagani aniqlandi. Klublar bu borada yana bir marta O‘zPFL tomonidan jiddiy ogohlantirildi. Chempionatning navbatdagi tur o‘yinlari oldidan bu kamchiliklar bartaraf etilishi shart qilib belgilandi va kamchliklar bartaraf etilmasa, ularga nisbatan jiddiy sanksiyalar qo‘llanilishi haqida yana bir marta ogohlantirildi.

Shuningdek, har bir klubning muxlislari auditoriyasini kengaytirish, sodiq va ashaddiy ishqibozlari sonini ko‘paytirishda marketing hamda muxlislar bilan ishlash bo‘limi o‘rni muhim ekani alohida qayd etildi. Zero har bir klubning stadioni hududida klub do‘koni muntazam faoliyat ko‘rsatsa, unda klub attributikalari savdosi hamyonbop narxda bo‘lsa, uchrashuvlar davomida stadionda klub madhiyasi yangrab, klub maskoti ishqibozlarni ruhlantirib tursa, klub va muxlislar o‘rtasidagi aloqa yanada yaqinlashishi, klub shunchaki emas, balki chin ma’noda o‘z ishqibozlariga yaqin bo‘lishi ta’minlanadi. Buning uchun har bir klub futbolchilari va muxlislar o‘rtasida tez-tez uchrashuvlar, dastxat-shoulari tashkil etilishi belgilandi.

Kiritildi: 08:03, 19.03.2019.
O'qildi: 2477 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.