Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/02 01:00 Olimpiakos 0-2 Bayer
19/02 01:00 Bryugge 3-3 Atletiko
19/02 01:00 Bude-Glimt 3-1 Inter

Abdulla Bo‘riyev: «Kuchli uchlikka kirishga harakat qilamiz»

Abdulla Bo‘riyev: «Kuchli uchlikka kirishga harakat qilamiz»

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Xabar berganimizdek, bugundan Tojikistonda start oladigan futzal bo‘yicha xalqaro «Xalqlar Do‘stligi Kubogi» oldidan qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbir yakunlanganidan keyin dastavval o‘yin oldi miting o‘tkazildi. Unda o‘yinga bog‘liq bir qator masalalar, xususan jamoalarni qaysi rangdagi libosda o‘ynashi-yu, uchrashuv soat nechchida boshlanishiga aniqlik kiritildi. Unga ko‘ra, «Bunyodkor» birinchi turni bugun Toshkent vaqti bilan 14:00da Qirg‘iziston chempioni «Botken»ga qarshi ko‘k rangli libosda o‘tkazadi.

O‘yin oldi miting yakunlangach «A» guruhi bosh murabbiylari va OAV o‘rtasida matbuot anjumani tashkil etildi.

- Barchangizni yangilanish fasli bahor va Navro‘z ayyomi bilan tabriklayman! Musobaqa ishtirokchilariga omad tilayman!

Biz turnirga yuqori o‘rinlarni egallash uchun kelganmiz. Rahbariyat oldimizga kuchli uchlikka kirish vazifasini qo‘ygan. Jamoa a’zolari rahbariyat tomonidan bildirilgan ishonchni oqlashga harakat qilamiz. Oldimizga qo‘yilgan vazifani bajarish uchun bor kuchimizni ishga solamiz.

Manba: www.bunyodkor.com
Kiritildi: 11:33, 21.03.2019.
O'qildi: 1746 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.