"Bavariya" klubi "Atletiko" posboni Yan Oblakni xarid qilmoqchi.
"Goal" nashriga ko‘ra, myunxenliklar Oblakni Noyerning o‘rnini uzoq muddat bosa oladigan futbolchi sifatida ko‘rishmoqda. Noyer jarohatidan keyin oldingidek ishonchli o‘ynay olmayapti va xatolarga yo‘l qo‘ymoqda. Shuning uchun "Bavariya" rahbariyati germaniyalik posbonga ishonchini yo‘qotdi.