Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/01 11:00 Afg‘oniston 3-0 Saudiya Arabistoni
28/01 13:00 Yaponiya 6-2 Avstraliya
28/01 15:00 Eron 4-1 Malayziya
28/01 17:00 O‘zbekiston 0-0 Tojikiston
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta

Otabek Shukurov raqibini bir umr futboldan chetlatmaslikni so‘radi

Otabek Shukurov raqibini bir umr futboldan chetlatmaslikni so‘radi

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO / Futbolchilar
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va BAAning «Sharja» klubi yarim himoyachisi Otabek Shukurov «China Cup» musobaqasida jarohat olgani va operasiya uchun Germaniyaga yuborilgandi. Yarim himoyachi o‘ziga jarohat yetkazgan Xitoy milliy terma jamoasi va «Guanchjou Evergrand» klubi hujumchisi Vei Shi Xao o‘yindan keyin uzr so‘rab, qilgan ishi uchun pushaymon ekanini ma’lum qilgandi. Qolaversa, Xitoy terma jamoasi yordamchi murabbiyi, shifokori, menejeri ham Otabek Shukurovdan xabar olib, futbolchilarining harakatlaridan afsusda ekanliklarini aytib o‘tishgan.

Shunga qaramay, «Guanchjou Evergrand» klubi futbolchining qo‘polligini qattiq qoralab, Vei Shi Xaoni klub o‘yinlaridan chetlatgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Qolaversa, Vei Shi Xao harakatlari o‘rganib chiqilib, futbolchi bir umrga futboldan chetlatilishi ham mumkinligi e’lon qilingandi. Otabek Shukurov bu holatga quyidagicha munosabat bildirdi:

— Jarohatdan so‘ng mavsumning qolgan qismida klubimga yordam bera olmasligimni bilib, juda ham tushkunlikka tushib qolgandim. Do‘stlarim, muxlislarim meni qo‘llab-quvvatlashi natijasida tushkunlikni bir oz bo‘lsada yengib o‘tishga muvaffaq bo‘ldim. Ammo menga jarohat yetkazgan Ve Shi Xao klubi tomonidan jazolanganini, ma’lum muddat maydonga tusha olmasligini eshitganimdan keyin yana xafa bo‘ldim.

Kelajakka katta umidlar bilan boquvchi yosh futbolchi sifatida maydonga tusha olmay, futboldan chetda bo‘lish qanchalik katta fojea ekanini yaxshi bilaman. Professional futbolchi sifatida futbolda jismoniy to‘qnashuvlar tabiiy ekanini tushunaman, Vei Shi Xao o‘yindan keyin oldimga kelib, uzr so‘raganda, men uning uzrini qabul qilganman. Shu sababli «Guanchjou Evergrand» klubiga rasman murojaat qilib, futbolchiga belgilangan jazo chorasini yumshatishni so‘rab qolgan bo‘lardim.

Manba: xabar.uz
Kiritildi: 15:51, 29.03.2019.
O'qildi: 12069 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.