Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/02 18:45 Nasaf 1-1 Ash-Shorta
09/02 18:45 Al-Vahda 0-0 Al-Ahli (SA)
09/02 21:00 Duhayl 1-1 Sharja
09/02 21:00 Shabab al-Ahli 0-0 Al-Hilol
10/02 21:00 Traktor - As-Sadd
10/02 23:15 Al-Ittihod - Al-G‘arafa

«Lokomotiv» – «Andijon». Jamoalarning liboslari rangi ma’lum

«Lokomotiv» – «Andijon». Jamoalarning liboslari rangi ma’lum

Baho:
+ | -

Bilasiz, 4 aprel, payshanba kunidan e’tiboran CocaColaSuperligada 3-tur uchrashuvlari start oladi.

CocaCola Superliga nomi ostida o‘tadigan 2019 yilgi mavsumidan boshlab, har bir tur uchrashuvlarida jamoalarning qanday rangdagi libosda maydonga chiqishlari Professional futbol ligasi tomonidan belgilab berilmoqda. Bunda mezbon jamoaning o‘z maydonida muxlislari qarshisida to‘p surishi inobatga olinib, birinchi galda mezbon klubning asosiy rangidagi libosda harakat qilishi ahamiyat kasb etadi.SHu boisdan har bir klub yangi mavsum uchun uy va safar liboslarini bir-biridan keskin farq qiladigan tarzda tanlashlariga urg‘u berildi.

4 aprel kuni 3-turning ilk qarama-qarshiligi kuzatiladi. Unda “Lokomotiv” “Andijon”ga qarshi bahs olib boradi. Mazkur uchrashuvni “Loko” futbolchilari to‘liq qizil rangdagi formada o‘tkazishadi. “Burgutlar” jamoasi esa oq-oq-oq rangli sport liboslarida maydonda harakat qilishadi. 

Ta’kidlab o‘tamiz, mazkur o‘yin soat 18:00da “Lokomotiv” stadionida o‘tkaziladi.  

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 21:11, 01.04.2019.
O'qildi: 1438 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.