Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/12 00:45 Verona 0-1 Milan
21/12 01:00 Jirona 3-0 Valyadolid
21/12 17:30 Aston Villa 2-1 Manchester Siti
21/12 18:00 Xetafe 0-1 Malyorka
21/12 19:00 Torino 0-2 Bolonya
21/12 20:00 Brentford 0-2 Nottingem Forest
21/12 20:00 Ipsvich 0-4 Nyukasl
21/12 20:00 Vest Xem 1-1 Brayton
21/12 20:15 Selta 2-0 Real Sosyedad
21/12 22:00 Jenoa 1-2 Napoli
21/12 22:30 Kristal Pelas 1-5 Arsenal
21/12 22:30 Osasuna 1-2 Atletik Bilbao
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma - Parma
22/12 18:00 Valensiya - Alaves
22/12 19:00 Fulhem - Sautgempton
22/12 19:00 Lester - Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted - Bornmut
22/12 19:00 Everton - Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya - Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid - Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem - Liverpul
22/12 22:00 Atalanta - Empoli
22/12 22:30 Leganes - Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas - Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze

Ana xolos! «Qarshilik bildiraman!»

Ana xolos! «Qarshilik bildiraman!»

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

Amerikaning DC Comics kompaniyasi «Valensiya» ustidan sudga arz qildi: barchasiga «ko‘rshapalaklar» klubning 100 yillik yubileyi sabab yangi logotip tayyorlashgani sabab bo‘ldi.

Gap shundaki, kinoijodkorlar ushbu emblemadagi tasvir film qahramoni - Betmenning timsoli bilan o‘xshashligini mualliflik huquqining buzilishi deb topishdi. «Valensiya», albatta, barcha ayblovlarni rad etdi: klub logotipidagi ko‘rshapalak Amerikadagi odamlar yovvoyi qoramollar ortidan quvib yurishgan pallada paydo bo‘lganini aytdi. Sud ham ispanlar tomonida bo‘lib, vaziyatni o‘nglash uchun ikki yilga yaqin muddat belgiladi. Ammo valensiyaliklar xotirjam tarzda uxlayotganlarida, boshqa klublar xavf ostida qolishmoqda. Ularga ham yaqin orada suddan da’vo maktubi kelsa, ajabmas. Misol uchun... 

«Vest Xem» — Tordan da’vo

Sharqiy londonlik yigitlar o‘zlarini «bolg‘achilar» deb atashadi. Ammo bu Torni - afsonaviy qahramon, Odinning o‘g‘lini qoniqtirmasligi turgan gap. Bu yigit har qanday muammoni o‘zining Myelnir bolg‘asi yordamida hal qilishga ko‘nikkan. Mabodo, skandinaviyalik bahodir o‘z qurolini futbol klubi logotipida ko‘rib qolsa, g‘azablanishi aniq.

«Uigan Atletik» — Grutdan da’vo

Agar «Uigan»dagilar Chempionshipda «jon» saqlab qolish uchun kurashishayotgani ayni paytdagi eng yomon holat deb hisoblashsa, adashishadi. Ittifoqo, ularning ofisiga tirik daraxt kirib kelib, «Men Grutman» deydi. Bu esa mashhur grut tilidan tarjima qilganda, «Mening suratimni logotipingizda ishlatishga nima haqqingiz bor?» degan ma’noni anglatadi.

Ukraina futbol federasiyasi -

Akvamendan da’vo

2017 yili Ukraina FF logotipini o‘zgartirdi. Go‘yoki, ushbu tashkilotdagilar Akvamen to‘g‘risidagi film s’yomkalari boshlanganidan bexabar edilar. Ukraina futboli mutasaddilari Dengiz jangchisining ortidan butun boshli Adolat ligasi vakillari kelishini unutmasliklari kerak. Faqat Betmendan boshqa. U hozir band: «Valensiya» bilan sudlashish - oson emas.

Uels futbol assosiasiyasi -

«Taxtlar o‘yini»dan da’vo

Yana bir terma jamoa haddini bilmadi. «Devor»dan oshib o‘tdi. «Ajdaho» so‘zi ishlatilganda, ko‘pchilikning ko‘z o‘ngida birinchi navbatda Targariyenlar oilasi vakili Deyneris gavdalanadi. Yoki «Taxtlar o‘yini» serialidagi boshqa bir qahramonni eslashlari turgan gap. Aaron Remzi yoki Rayan Giggz kabilar bu holatda xayol ko‘chasiga ham kirishmaydi. Mabodo ajdaholar bo‘yicha mualliflik huquqi talashiladigan bo‘lsa, HBO mashhur serialning to‘qqizinchi mavsumini ishlashni ham o‘ylab qolsa, ajabmas.

«Yokerit» — Joker va Xarli Kuinndan da’vo

Bu borada balogardon faqat futbol sohasidagilar emas. Hozircha «Yokerit» KXLda qatnashib, muntazam ravishda «pley-off»ga chiqmoqda. Biroq Joker va Xarli o‘zlarining siymolarini ushbu jamoa logotipida ko‘rib qolishsa, barchasi o‘zgarib ketishi mumkin. Ulardan qutulish esa oson bo‘lmaydi.

«Levante» — Robindan da’vo

Umuman, Betmen mavzusi faqat «Valensiya» bilan cheklanmaydi. Bryus Ueyn Gotemni qo‘riqlash bilan band bo‘layotgan bir pallada «Levante» ham ko‘rshapalak tasviridan foydalanishga qaror qildi. Shunday ekan, bu yerda vaziyatni o‘nglash Robin chekiga tushadi - sodiq do‘st ham rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazilgan «Betmen» ramzining noqonuniy ishlatilgani uchun sudga murojaat etishi mumkin.

«Chelsi» — Qirol Sherdan da’vo

2005 yili London klubi logotipini o‘zgartirdi, chunki yer yuzidagi eng qudratli jonivor bilan janjallashishni xohlamadi. Gap Qirol Sher haqida bormoqda. Simbalar oilasi o‘z siymosining mashhur jamoa emblemasida qo‘llanishiga qat’iy qarshi chiqishi turgan gap edi. Hozir «Chelsi» logosida mutlaqo boshqacha arslon tasvirini ko‘rish mumkin - Qirolga unchalik aloqasi yo‘qdek. Simba - muloyim sherik, ammo baribir, uning jahlini chiqarish to‘g‘ri emas.

«MYU» — Olov odamdan da’vo

Avvallari Ser Aleks Fergyusonning «MYU»si o‘zining supero‘yini bilan muxlislari olqishiga sazovor bo‘lardi. Hozir hammasi o‘zgacha, boz ustiga, Olov odam ham norozi: «Old Trafford»dagilar mashhur logotipni futbol klubida o‘ylab topishgan, deb o‘ylashadi. Umuman, «Jahannam oshxonasining iblisi», ya’ni Olov odam, alvon shox va shunga o‘xshash boshqa tasvirlarni allaqachon o‘ziniki qilib ulgurgan. Shunday ekan, «MYU»ning muammolari faqat yashil maydon bilan cheklanmaydi.

«Blekbern» — gul do‘koni

sotuvchisidan da’vo

Ha, Angliyada haddidan oshganlar ko‘p ekan. Butun dunyodagi barcha ayollar atirgullar savdosi bilan shug‘ullanishadi, «Blekbern» esa ushbu o‘simlikni iznsiz olib, undan foydalandi. Buning uchun gullar sexida ishlayotgan ayollarga pul to‘lashmagan. Tartibsizlik.

«Tigres» — Yo‘lbarsvoydan da’vo

Meksikaliklar ham ajabtovur ishlar qilishmoqda. Bu o‘rinda «Vinni-Pux» multfilmidagi Yo‘lbarsvoy obrazini ham mensimadilar. Umuman, bu pozitiv kayfiyatdagi, hayotdan zavq olib yashovchi obrazdir. «Tigres»ning logotipida esa chala ishlangan, xo‘mraygan, jahldor yo‘lbars tasvirlangan. Demak, multqahramonda meksikaliklarni sudga berishdan o‘zga chora qolmaydi.

«Sampdoriya» — Gorillaz guruhidan da’vo

Sudlashish jarayoni faqat mashhur kinoqahramonlar ishtiroki bilan cheklanmaydi. Unda taniqli musiqachilar ham qatnashishlari mumkin. Misol uchun, «Sampdoriya» klubidagilar o‘z logotiplarida Gorillaz guruhi vakili Styuart «2D» Potning tasviridan foydalanishganini bilisharmikan?

«Los-Anjeles Gelaksi» — NASAdan da’vo

AQSHda mualliflik huquqi bilan hazillashish yaxshilikka olib kelmaydi. Devid Bekxemning sobiq klubi o‘z nomida «galaktika» so‘zidan foydalangani yetmaganidek, logotipiga ham o‘zgacha yulduzni joylashtirgan. Vaholanki, boshqa galatika va yulduzlarni o‘rganish bilan NASA shug‘ullanishini AQSHda hamma biladi. Mabodo ushbu tashkilot sudga murojaat etsa, Amerikaning eng boy klubi ham bu ishda yutib chiqishda qiynalishi turgan gap.

«Real Madrid» — «Qo‘lga tushmas Qasoskorlar»dan da’vo

«Real»ning joriy mavsumdagi muamolari shundoq ham boshidan oshib yotibdi. Shunday ekan, tashabbusni o‘z qo‘liga olib, klub logotipidan Rossiya Imperiyasi tojini olib tashlashi lozim. Aks holda, Danka, Valerka, Ksanka va lo‘li Yashka bilan hisoblashishiga to‘g‘ri keladi. Yo‘l bo‘yida esa «murdalar chalg‘i ushlab turadi».

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 09:31, 02.04.2019.
O'qildi: 2678 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.