Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 00:30 Almeriya 0-2 Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad 1-0 Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina 2-2 Napoli
18/05 21:00 Lechche - Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ

APLdagi «birrovchilar»

APLdagi «birrovchilar»

Baho:
+ | -

Ko‘pincha murabbiylar kutilgan natijani qayd eta olishmasa, muddatidan avval iste’foga chiqariladi. Bo‘sh qolgan o‘rinni esa vaqtincha o‘rtacharoq darajadagi yoki, u qadar mashhur bo‘lmagan mutaxassislar egallashadi. Ularning asosiy vazifasi - yangi murabbiy kelguniga qadar klubni boshqarib turishdan iborat. So‘zimizga «Manchester Yunayted» ustozi One Gunnar Sulsher yaqqol misol bo‘la oladi. U deyarli bajarib bo‘lmas vazifaning uddasidan chiqishga muvfffaq bo‘ldi. Bugun APL da vaqtinchalik murabbiy sifatida yutuqlarga erishgan boshqa murabbiylarga to‘xtalib o‘tamiz

Di Mateo

Londonning «Chelsi» klubini vaqtincha boshqargan murabbiy klubning yaqin o‘tmishdagi eng katta sovrinini qo‘lga kiritgan murabbiy sifatida tarixda abadiy qoladi. Soddagina, kamgap murabbiy «Chelsi» bilan Yevropa chempionlar ligasida g‘olib bo‘lgan yili «Barselona», «Bavariya» singari jamoalarni mag‘lubiyatga uchratgan edi. Eng qizig‘I shundaki, o‘sha «Chelsi» Abramovich davridagi tarkib jihatidan eng kuchsizi sifatida tan olingan edi. 2011-yilda Villash Boashning omadsiz startidan so‘ng klubga vaqtincha taklif etilgan murabbiy o‘zining ilk mavsumidayoq YCHLdan tashqari Angliya kubogini ham qo‘lga kiritgani taxsinga sazovor. Afsuski, keyingi mavsumdagi omadsiz mavsum evaziga ko‘p o‘tmay nomdor murabbiyga o‘z o‘rnini bo‘shatib berdi. Shunga qarmasdan, bu inson futbol muxlislari tomonidan xaligacha bahs va munozaralarga sabab bo‘lib kelmoqda.

Toni Barton

Katta yoshdagi muxlislarimiz yaxshi bilishsa kerak, «Aston Villa» 1981-82-yilgi mavsumlarda Chempionlar Ligasida APLning amaldagi chempionlari sifatida ishtirokini boshlagan Ron Sanders shogirdlari ichki chempionatda birin-ketin mag‘lubiyatlarga uchray boshlaydi. Klub uni iste’foga chiqaradi va uning yordamchisi Toni Bartonni vaqtinchalik murabbiy e’tib tayinlanadi. Barton klub tepasiga kelganida «Aston Villa» APLda 18-pog‘onada borar, YCHL da ham maqtagulik o‘yin ko‘rsatmayotgan edi. Toni jamoaning taktik va strategik o‘yin uslubini tubdan o‘zgartiradi va asosiy e’tiborni yoshlarga qaratadi. Oqibatda, klub o‘sha yili YCHLda finalda kimsan «Bavariya»ni yengib yangi tarix yaratadi. APL da esa, 11-bo‘lib finishga yetib kelganiga qaramasdan, muxlislar Toni Bartonning to‘laqonli murabbiy etib e’lon qilinishini rahbariyatdan talab qilishadi. Barton bunday katta bosimni ko‘tara olmaydi va oradan 2 yil o‘tib qoniqarsiz natijalar sababli ishdan olinadi…

Gus Hidding

Gollandiyalik murabbiy 2008-09 – yilgi mavsumlarda «Chelsi»ni boshi berk ko‘chaga olib kirib qo‘ygan Skolarining o‘rnini vaqtinchalik egallaydi. U qisqa muddat ichida klubni fantastik darajaga olib chiqa oldi, - deb be’malol ayta olamiz. O‘sha yili Hidding 22 ta uchrashuvda jamoasini maydonga olib tushgan bo‘lsa, atigi bir bor mag‘lubiyatga uchraydi. O‘sha mag‘lubiyat ham «Barselona»ga qarshi kechgan uy uchrashuvida edi. Hakam tomonidan belgilanmagan 6 ta penalti va Iniyestaning so‘nggi daqiqalardagi goli bilan ko‘pchilikning yodida qolgan uchrashuvda Hidding shogirdlari «Barsa»dan anchagina kuchliroq ko‘ringani hech kimga sir emas. Gollandiyalik mutaxassis o‘sha mavsum omadsiz startga qaramasdan, Angliya kubogida zafar quchadi va APL g‘olibidan 7 ochko kam to‘plab 3-o‘rinda mavsumni yakunlaydi. Abramovich ajoyib «kambekni» amalga oshirgan murabbiyga to‘laqonli shartnoma taklif etadi. Qahramonimiz esa, rad javobini bergancha, Rossiya terma jamoasini boshqarish uchun Moskvaga yo‘l oladi.

Kreyg Shekspir

2015-16-mavsumni juda yaxshi eslasa kerak. O‘shanda «Tulkilar rosa tomosha ko‘rsatishgan»edi. Klaudio Raniyeri boshchiligidagi «Lester» chempionlikni qo‘lga kiritgan, butun dunyoning e’tibori shu jamoada edi. Shekspir o‘sha mavsumda Raniyeriga yordamchi sifatida faoliyat olib borgan bo‘lsa, keyingi mavsumdagi omadsiz uchrashuvlardan so‘ng jamoani tark etgan italiyalik mutaxassisning o‘rnini vaqtinchalik egallaydi. O‘sha mavsumda Shekspir ketma-ket 5 ta turda g‘alaba qozonadi va jamoani elitada saqlab qoladi. Chempionlar Ligasida ham «Seviliya» klubini turnirdan chiqarib yuborgan «tulkilar» bir qarashda yana o‘zlariga kelib olganday taassurot uyg‘ota boshlaydi… O‘sha mavsum so‘ngida Britaniya matbuoti Shekspirni «mavsum kashfiyoti»,- deya e’lon qilgani hech kimni ajablantirmagan edi. Ming afsuski, keyingi mavsumdagi omadsiz start uchun qahramonimizga chiqish eshiklari ko‘rsatib yuboriladi. Shekspir qisqa muddat ishlagan bo‘lsada, o‘z uslubi va murabbiylik hislatlarini yaqqol ko‘rsatib bergani uchun bu reytingimizdan joy oldi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 18:30, 02.04.2019.
O'qildi: 5822 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.