Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa 2-1 Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor 2-0 Surxon
12/04 17:00 Dinamo 1-2 Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna 1-1 Betis
12/04 18:00 Parma 1-1 Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas 2-1 Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest 1-1 Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend 1-0 Tottenhem
12/04 18:15 Andijon 1-2 OKMK
12/04 19:15 Malyorka 3-0 Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi 0-3 Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya 2-0 Lechche
12/04 21:30 Selta 0-3 Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo 3-4 Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao 1-2 Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe
14/04 18:00 Xorazm - Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor - Neftchi

Akademik eshkak eshish. Sportchilarimiz Italiyada o‘tkaziladigan xalqaro turnirda ishtirok etishadi

Akademik eshkak eshish. Sportchilarimiz Italiyada o‘tkaziladigan xalqaro turnirda ishtirok etishadi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Joriy yilning 7-15 aprel kunlari Italiyaning Pyedkulo shahrida akademik eshkak eshish bo‘yicha an’anaviy "Paolo De Aloe" xalqaro turniri va o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston sport delegasiyasi ham ishtirok etadi.

Ushbu xalqaro turnir va o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida milliy va yoshlar terma jamoalarimiz a’zolari bo‘lgan 25 nafar sportchimiz qatnashadi. Ular murabbiylarimiz Sergey Tyan, Artyom Kudryashov va Fozilbek Xonxo‘jayev qo‘l ostida shug‘ullanishadi.

23 davlatdan jami 400 nafardan ortiq sportchilar ishtirok etadigan tadbirlarda vakillarimiz 2020 yil Tokio shahri (Yaponiya)da bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlarida to‘qnash kelishi mumkin bo‘lgan sportchilarning texnik-taktik uslublarini o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

Ushbu xalqaro musobaqa sportchilarimiz uchun joriy yilning avgust-sentyabr oylarida Avstriyada bo‘lib o‘tadigan kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rish va yuqori natijaga erishish uchun xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Shuningdek, xalqaro turnirda O‘zbekiston milliy terma jamoasi asosiy tarkibiga kirishga nomzod bo‘lgan sportchilarning jismoniy va tayyorgarlik holati o‘rganiladi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Manba: minsport
Kiritildi: 21:20, 03.04.2019.
O'qildi: 1424 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик