Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/02 01:00 Benfika 0-1 Real Madrid
18/02 01:00 Monako 2-3 PSJ
18/02 01:00 Borussiya D 2-0 Atalanta
18/02 22:45 Qorabog‘ 1-6 Nyukasl
18/02 23:15 An-Nasr (SA) 1-0 Arkadag'
18/02 23:15 Al-Ahli Doha 1-0 Sepohon
19/02 01:00 Olimpiakos 0-2 Bayer
19/02 01:00 Bryugge 3-3 Atletiko
19/02 01:00 Bude-Glimt 3-1 Inter

Ana xolos! Koutinyoning omadsizligiga u yashayotgan uy sababchi ekan

Ana xolos! Koutinyoning omadsizligiga u yashayotgan uy sababchi ekan

Baho:
+ | -

2018 yil yanvarida "Liverpul"dan xarid qilingan Filippe Koutinyoning "Barselona"da omadi kelmayapti. Ijtimoiy tarmoqlarda Kataloniya klubi muxlislari bu omadsizlikni futbolchi yashayotgan uy bilan bog‘lashdi.

Sababi, 2014 yilda bu uyda Sesk Fabregas yashagan, ammo keyin u "Chelsi"ga o‘tdi. Fabregasdan keyin esa bu uyga Tomas Vermalen kelib joylashdi. Shundan keyin Vermalen "Barselona"da faoliyati davomida deyarli 5 yildan beri olmagan jiddiy jarohatga yo‘liqdi va 568 kunni davolanishga sarfladi.

Vermalendan keyin uyda yashash Andre Gomeshga nasib etdi. "Barselona"ning omadsiz transferlaridan biriga aylangan Gomesh 78 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol  va 4 ta golli uzatma qayd etdi. U ayni damda "Everton" a’zosi.

Qizig‘i, Koutinyo uyga kelib joylashgach, baxtsiz hodisaga yo‘liqdi. Oradan bir oy o‘tib uyiga o‘g‘ri tushdi. Hozir bu uyda futbolchining oila a’zolari yashamaydi.

Manba: isport.ua
Kiritildi: 15:05, 04.04.2019.
O'qildi: 11324 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.