Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi 2-1 Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al 0-1 Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor 4-2 Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona - Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 - Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem

Messining kelajagini to‘g‘ri «bashorat» qilgan havaskor rassom

Messining kelajagini to‘g‘ri «bashorat» qilgan havaskor rassom

Baho:
+ | -

Ma’lum bo‘lishicha, notanish havaskor rassom bundan 6 yil oldin Lionel Messi kelajagini to‘g‘ri «bashorat» qilgan ekan.

U shunchaki, yulduz futbolchi siymosini o‘z kartinasida ko‘rsatgan. Albatta, bu butun kelajak emas, bittagina lavha. Lekin bexato lavha!

San’at - hayot ko‘zgusi. Bu gap bejiz aytilmagan. Biroq ba’zan aks holat kuzatiladi: nimalardir san’at asaridan keyin reallikka aylanadi. Bangladeshlik oddiy talabaning xayoliy tasavvuri bunga yaqqol misol.

 

Havaskor rassom Suas Nayyan bundan 6 yil muqaddam Lionel Messi suratini chizgan ekan. U o‘z ijodida argentinalik betakror ijrochining o‘ziga xos ustun tomonini ajoyib tarzda aks ettiririshga uringan - «Barselona» yulduzi 10-raqamli futbolkada va u oq-yashil tusli, vertikal chiziqli forma kiyib olgan raqiblar to‘dasidan o‘zib ketmoqda. Nayyan chizgan bu surat 2013 yili Plaantik nomli fanatlar sahifasida berilgan. Qarangki, ayni shu lavha joriy yil 17 mart kuni Ispaniya chempionati doirasidagi «Betis» - «Barselona» o‘yinida reallikka ko‘chdi. Suratda aks ettirilgan holatning deyarli o‘zginasi: Messi raqiblar qurshovida, ulardan biri argentinalikni futbolkasidan tortib qolishga urinmoqda. Leoning qanday tarzda turganiyu, raqiblar egnidagi libos ranglari - barchasi bir xil. Bitta farqi - raqiblar sonida. «Barsa» yetakchisi real voqelikdan olingan suratda 4 nafar raqibidan o‘zib ketmoqda, rassom xayolotida esa u 5 kishiga qarshilik qilgan. Go‘yoki, Leo uzoq Bangladeshda qog‘ozga tushirilgan suratdan xabar topganu, Sevilyada buni real hayotda ham ko‘rsatishga uringandek... Darvoqe, argentinalik hujumchi «Betis» bilan o‘yinda chindan ham, ideal futbol namoyish etdi - «xet-trik»ka erishdi, jumladan, jarima nuqtasidan qoyilmaqom gol urdi. Messining soqolini oldirib tashlaganiga nima deysiz? Bu ham suratga muvofiqlikning bir ajib nishonasi.

Ayni payt dizaynerlik kompaniyasiga egalik qilayotgan Nayyanning aytishicha, u «Betis» - «Barselona» o‘yinini to‘liq tomosha qilgan, ammo Messining holatiga alohida ahamiyat bermagan. Keyinroq do‘stlaridan biri qo‘ng‘iroq qilib, unga 6 yil avval chizgan surati ssenariysi takrorlanganini aytgan. «Albatta, yagona kartinam menga shunchalik shuhrat keltirganidan xursandman, - dedi kulimsiragancha Nayyan. - Bilishimcha, uni Ispaniya, Argentina va Hindiston OAVda chop etishgan. «Barselona» futbolkasi juda yorqin, shuning uchun raqiblarni oq-yashil tusli formada aks ettirishga qaror qilgandim. Bundan maqsad - Messining yaqqol ajralib turishini ta’minlash. To‘g‘risi, o‘shanda aynan «Betis» haqida umuman o‘ylagan emasman. Shunchaki, ranglar kartinaga muvofiq tushishini hisobga olgandim. Umuman olganda, «Barselona» muxlisiman, ammo barcha buyuk futbolchilarga alohida hurmat bilan qarayman. Misol uchun, bunday kartinalar seriyasini yaratishni rejalashtirgandim. Xususan, Krishtianu Ronalduning zarba berayotgan holati, Xavining to‘p uzatayotgan vaziyati kabi kadrlarni ham qog‘ozga tushirmoqchi edim. Biroq Messi suratini chizganimdan keyin ishlarim ko‘payib ketib, qolgan kartinalarga vaqt ajratolmadim». Bangladeshlik yigit endi yana urinib ko‘rar balki. Har holda, unda g‘oya bor...

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 15:09, 04.04.2019.
O'qildi: 5719 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик