Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa 2-1 Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor 2-0 Surxon
12/04 17:00 Dinamo 1-2 Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna 1-1 Betis
12/04 18:00 Parma 1-1 Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas 2-1 Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest 1-1 Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend 1-0 Tottenhem
12/04 18:15 Andijon 1-2 OKMK
12/04 19:15 Malyorka 3-0 Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi 0-3 Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya 2-0 Lechche
12/04 21:30 Selta 0-3 Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo 3-4 Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao 1-2 Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe
14/04 18:00 Xorazm - Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor - Neftchi

Sportchi rasionini to‘g‘ri tashkil qilish muvaffaqiyat garovidir

Sportchi rasionini to‘g‘ri tashkil qilish muvaffaqiyat garovidir

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Bugun O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasida “Sportchi rasionini to‘g‘ri tashkil qilish muammolari” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda MOQ qoshidagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazining rahbariyati va xodimlari, Milliy Antidoping agentligi, MOQ va OAV vakillari, Rossiyadan tashrif buyurgan mehmonlar, shuningdek, sport federasiyalaridagi murabbiylar va shifokorlar ham ishtirok etishdi.

Koferensiyada qatnashgan Milliy olimipiya qo‘mitasi departament direktori Rustam To‘xtamishev tadbir ishtirokchilariga samarali faoliyat va muvaffaqiyat tilab qoldi.

Dastur reglamentiga binoan Toshkent tibbiyot akademiyasi professori G.SHayxova dastavval mavzu yuzasidan tayyorlab kelgan taqdimotini barchaga namoyish qildi. Unda sportchilarimiz uchun uy sharoitida tayyorlanadigan ovqatlarimiz tarkibida oqsil, mineral, vitamin kabi qo‘shimcha ozuqalar qanchalik me’yorda bo‘lishi borasida qimmatli ma’lumotlar berildi.

O‘zbekiston jismoniy tarbiya va sport universiteti dosenti N.Svetlichnaya tayyorlab kelgan taqdimot ham o‘zining dolzarbligi bilan yig‘ilganlar e’tiborini tortdi. Uning taqdimotini davom ettirgan holda “Siberian Wellness” kompaniyasi vakili Yulian Tursin (Rossiya) tibbiyotda proteinli oziq-ovqat qo‘shimchalarini qo‘llashning istiqbollari haqida gapirib berdi. Konferensiya yakunida Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi diyetologi, tibbiyot fanlari nomzodi I.Otajonov “Oziq-ovqat rasioni va menyusini sport turlarini inobatga olda holda shakllantirish” mavzusida master-klass o‘tkazdi.

Bunday tadbirlar hamkasblar o‘rtasida tajriba, fikr va g‘oyalar almashish bilan juda ham ahamiyatli. Barchamiz sportni targ‘ib qilish yo‘lida ishlamoqdamiz. To‘g‘ri ovqatlanish muammosi faqatgina sportda dolzarb emas. Ovqatlanishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish salomatlikning muhim omili hisoblanadi. Sportchilar uchun, ularning jismoniy yuklamalarini hisobga olganda yanada muhim. Atlet yuqori natija qayd etishi uchun organizmi qo‘shimcha ozuqaviy moddalarga ehtiyoj sezadi. Buni ular uchun chiqarilgan maxsus ozuqalardan qoplab olish mumkin”, – dedi rossiyalik mutaxassis Yulian Tursin.

Ushbu ilmiy-amaliy konferensiyaning o‘tkazilishi sportchilarimizning Tokio-2020 Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga ko‘radigan tayyogarligida muhim o‘rin tutadi. Bu kabi ma’ruzalarda, muhokamalarda ishtirok etish orqali sport tibbiyoti vakillari o‘zlari uchun muhim jihatlarni belgilab olishdan tashqari mavjud kamchilik va muammolarni bartaraf etish borasida ham tajriba orttirishadi.

Manba: Olympic.uz
Kiritildi: 15:28, 04.04.2019.
O'qildi: 1550 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик