Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa 2-1 Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor 2-0 Surxon
12/04 17:00 Dinamo 1-2 Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna 1-1 Betis
12/04 18:00 Parma 1-1 Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas 2-1 Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest 1-1 Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend 1-0 Tottenhem
12/04 18:15 Andijon 1-2 OKMK
12/04 19:15 Malyorka 3-0 Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi 0-3 Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya 2-0 Lechche
12/04 21:30 Selta 0-3 Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo 3-4 Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao 1-2 Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe
14/04 18:00 Xorazm - Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor - Neftchi

Antalya Gran-prisining birinchi kuni muvaffaqiyatli yakunlandi

Antalya Gran-prisining birinchi kuni muvaffaqiyatli yakunlandi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Bugun Turkiyaning Antalya shahrida dzyudo bo‘yicha Gran-pri seriyasiga kiruvchi musobaqaning birinchi kun bellashulari bo‘lib o‘tmoqda.

Yengil vazn toifasida kechayotgan bahslar terma jamoamiz uchun muvaffaqiyatli yakunlanadigan bo‘ldi.

Quvonarlisi, -60 kilogramm vazn toifasida tatamiga chiqqan vakilimiz Kemran Nurillayev musobaqaning kumush medaliga sazovor bo‘ldi. Yurtdoshimiz hal qiluvchi bahsda 2015 yilgi jahon chempioni, Rio Olimpiadasi kumush medali sohibi qozog‘istonlik Yeldos Smetov bilan kurashdi. Murosasiz kechgan ushbu bellashuv Smetovning g‘alabasi bilan yakunlandi.

Bunday natijadan keyin hamyurtimiz o‘z hisobiga jahon va Tokio olimpiadasi reytingi uchun 490 ochkoni yozdirib qo‘ymoqda. Ta’kidlash joiz, 1 oy muqaddam Marrakesh shahrida o‘tgan Gran-prida Kemranning akasi Sardor Nurillayev -66 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifada oltin medalni qo‘lga kiritgan edi.

Ertaga o‘rta vazn toifalarida bahslar bo‘lib o‘tadi va unda G‘iyosjon Boboyev (-73 kg) terma jamoamiz sharafini himoya qiladi.

Manba: Olympic.uz
Kiritildi: 19:33, 05.04.2019.
O'qildi: 1964 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик