Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Aston Villa 3-3 Liverpul
14/05 00:00 Barselona 2-0 Real Sosyedad
14/05 19:00 Lokomotiv 0-2 OKMK
14/05 22:30 Osasuna 1-1 Malyorka
15/05 00:00 Tottenhem 0-2 Manchester Siti
15/05 00:30 Real Madrid 5-0 Alaves
15/05 01:00 Jirona 0-1 Vilyarreal
15/05 22:30 Sevilya - Kadis
15/05 22:30 Rayo Valyekano - Granada
15/05 23:45 Brayton - Chelsi
16/05 00:00 Man. Yunayted - Nyukasl
16/05 00:00 Reyms - Marsel
16/05 00:00 Nissa - PSJ
16/05 01:00 Selta - Atletik Bilbao
16/05 01:00 Xetafe - Atletiko

«Barkamol avlod» va «Universiada» o‘tkazilishi bo‘yicha yangi qarorlar tasdiqlandi

«Barkamol avlod» va «Universiada» o‘tkazilishi bo‘yicha yangi qarorlar tasdiqlandi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida “Barkamol avlod-2019” va “Universiada-2019” sport musobaqalari Respublika final bosqichini yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazish masalalariga bag‘ishlangan Tashkiliy qo‘mita yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish vazirlik idora va tashkilotlar, hokimliklar ishtirokida vidoselektor tarzida tashkil etildi. 

Yig‘ilishda kun tartibiga qo‘yilgan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 25 oktyabrdagi “O‘quvchi va talaba yoshlar o‘rtasida o‘tkaziladigan respublika sport musobaqalari tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 864-sonli qarorida belgilab berilgan vazifalar ijrosi tahlil qilinib, “Barkamol avlod-2019” va “Universiada-2019” sport musobaqalarini Respublika final bosqichini yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazish chora-tadbirlari belgilab olindi. 

Yig‘ilishni Tashkiliy qo‘mita raisi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inomjon Madjidov olib bordi. 

Dastlab O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 25 oktyabrdagi “O‘quvchi va talaba yoshlari o‘rtasida o‘tkaziladigan respublika sport musobaqalari tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 864-sonli qarorida belgilab berilgan vazifalarning bajarilishi to‘g‘risida Jismoniy tarbiya va sport vaziri o‘rinbosari Sharifjon Mo‘minjonov ma’ruzasi tinglandi.

Shuningdek, yig‘ilishda Tashkiliy qo‘mita ma’sul kotibi, O‘zbekiston talabalar sporti assosiasiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Erkin Qodirov va “Barkamol avlod-2019” va “Universiada-2019” sport musobaqalarini Respublika final bosqichini yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq sarf-xarajatlarni moliyalashtirish masalalari yuzasidan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Moliyalashtirish va buxgalteriya hisobi boshqarmasi boshlig‘i M.Hamrayev ham so‘zga chiqdilar. 

Kun tartibiga qo‘yilgan masalalar atroflicha muhokama qilinib, mutasaddi vazirlik, idora va hokimlik rahbarlarining takliflarini inobatga olib, Tashkiliy qo‘mita tomonidan tegishli qaror qabul qilindi. Unga ko‘ra, Kasb-hunar kollejlari o‘quvchi yoshlari o‘rtasida “Barkamol avlod-2019”, oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Universiada-2019” sport musobaqalarining Respublika final bosqichi har yili sport turlari bo‘yicha navbatma-navbat, respublikaning barcha hududlarida o‘tkazilishi, mazkur musobaqalarni yuqori saviyada o‘tkazish uchun Toshkent shahrida Respublika Shtabini tashkil etish va O‘zbekiston talabalar sporti Assosiasiyasiga biriktirish belgilandi. 

Qaror bilan “Barkamol avlod-2019” va “Universida-2019” sport musobaqalarining ramzlari, ramzlari tasnifi va ramzlar to‘g‘risidagi Nizomlar, “Barkamol avlod-2019” va “Universiada-2019” sport musobaqalarining respublika final bosqichida ishtirok etadigan hududiy terma jamoalar tarkibi, “Barkamol avlod-2019” va “Universiada-2019” sport musobaqalarining respublika final bosqichini o‘tkazish jadvali, “Barkamol avlod-2019” va “Universiada-2019” sport musobaqalarining respublika final bosqichini o‘tkazish taqvim rejalari, “Barkamol avlod-2019” va “Universiada-2019” sport musobaqalarining respublika final bosqichini moliyalashtirish sarf-xarajatlari smetasi, tegishli ilovalarga muvofiq tasdiqlandi.

Shuningdek, barcha mutasaddi vazirlik, idora va tashkilotlar, hokimliklar zimmasiga “Barkamol avlod-2019” va “Universiada-2019” sport musobaqalarining Respublika final bosqichlarini yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazish yuzasidan bir qator tegishli vazifalar yuklandi.

Manba: Minsport
Kiritildi: 12:42, 11.04.2019.
O'qildi: 3778 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.