Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Aston Villa 3-3 Liverpul
14/05 00:00 Barselona 2-0 Real Sosyedad
14/05 19:00 Lokomotiv 0-2 OKMK
14/05 22:30 Osasuna 1-1 Malyorka
15/05 00:00 Tottenhem 0-2 Manchester Siti
15/05 00:30 Real Madrid 5-0 Alaves
15/05 01:00 Jirona 0-1 Vilyarreal
15/05 22:30 Sevilya - Kadis
15/05 22:30 Rayo Valyekano - Granada
15/05 23:45 Brayton - Chelsi
16/05 00:00 Man. Yunayted - Nyukasl
16/05 00:00 Reyms - Marsel
16/05 00:00 Nissa - PSJ
16/05 01:00 Selta - Atletik Bilbao
16/05 01:00 Xetafe - Atletiko
16/05 22:30 Las-Palmas - Betis

Messi yoki Ronaldu? Endi betaraf futbolchilar javob berishadi!

Messi yoki Ronaldu? Endi betaraf futbolchilar javob berishadi!

Baho:
+ | -

Bir necha yildan beri millionlab muxlislarni qiynab kelayotgan savolga javobni mashxur futbolchilar berishadi. Ularning nazlida kim kuchliroq?

Eden Hazard (Azar)

So‘nggi 10 yildan beri «Barselona» eng kuchli jamoa bo‘lib kelmoqda. Shunday ekan o‘z-o‘zidan Messi dunyoning birinchi raqamli futbolchisi desam, adashmagan bo‘laman. To‘g‘ri, Ronaldu fenomen, ammo men uchun Messining o‘yinlarini tomosha qilish yoqimliroq

Robert Levandovski

Bu ikki futbolchining darajasi qolgan futbolchilarnikidan ancha baland. Ular shunchaki mo‘’jizaning o‘zginasi. Agar ulardan birini tanlash kerak bo‘lsa, men Ronalduni tanlagan bo‘lar edim. Uning o‘yin uslubi menga ko‘proq yoqadi desam, adashmagan bo‘laman.
 
Mbappe

Men hech qachon ularni solishtirmaganman, solishtirmayman ham. Bu futbolchilar zamonaviy futbolning ommalashishiga katta hissa qo‘shishdi. Tanlash kerak bo‘lsa, men Ronalduni tanlayman. Sababi, u mening kumirim.

Kevin De Bryune

Menga bu savolni juda ko‘p bor berishgan, har doim bir xil javob qaytargan bo‘lsamda. Men ularni solishtirishni istamayman. Sababi, futbol olamida ulardan boshqa ham kuchli futbolchilar mavjud

Karlos Tevez

Messi katta futbolga kirib kelganida Ronaldu mashg‘ulotlar zalida yotib qolib shug‘ullanar edi. Bu hol hozirgacha davom etmoqda. Ronaldu juda mehnatkash yigit. Messi esa o‘ta iqtidorli. Agar tanlash kerak bo‘lsa, men Ronalduni tanlagan bo‘lar edim. Bu u Messidan kuchli degani emas, ammo uning o‘z ustida ishlashi meni hayratda qoldiradi.

Pele

Messi kuchli futbolchi. U Ronaldudan ancha kuchliroq edi. Shunga qaramsdan so‘nggi 4 yil davomida Messida sezilarli pasayish kuzatildi. Ronaldu esa o‘z ustida ishlashda davom etmoqda va u Messini quvib o‘tdi deb o‘ylayman. Savolingizning javobi Ronaldu!

Mario Gyotse

Meni nemis Messisi deb atashlarini xohlamayman. Sababi, mening orzuyim nemis Ronaldusi bo‘lish!

Maradona

Ronaldu so‘nggi paytlarda hammadan oldinda ekanligi rost, ammo dunyoning birinchi raqamli futbolchisi baribir Messiligicha qolaveradi.

Koke

Ronaldu atlet bo‘lsa, Messi gol degani! Menimcha Ronaldu hozirda biroz Messidan kuchliroqdek ko‘rinayotgan bo‘lishi mumkin, biroq men o‘z jamoamda Messi bo‘lishini ko‘proq xohlar edim.

Stiven Jerrard

Lionel o‘zga sayyoradan kelgandek. Uning ko‘rsatayotgan o‘yinlari meni har doim hayratda qoldirib keladi. To‘g‘ri, so‘nggi paytlarda Ronalduning sport formasi kuchliroqdir, ammo Messi undan biroz oldinda.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 20:31, 15.04.2019.
O'qildi: 17290 marta.
Fikrlar: 20 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.