Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

Prevyu. «Andijon» – «Nasaf»

Prevyu. «Andijon» – «Nasaf»

Baho:
+ | -

18 aprel kuni Coca-cola Superligasi 5-turiga start beriladi.

“Ajdarlar” Coca-cola Superligasi 5-turini Andijonning “Andijon” jamoasiga qarshi maydonga chiqishadi.

Bu jamoalar jamoalari o‘rtasidagi har bir uchrashuv qiziqarli va kutilmagan natijalarga boy bo‘lgan.

Andijon jamoasi ikki yillik tanaffusdan so‘ng yana elitaga qaytdi. Eslatib o‘tamiz “Andijon” jamoasi Pro-ligada ishtirok etgan edi.
Mana oradan ikki yil o‘tib, mazkur jamoalar yana Superligada to‘qnash kelishmoqda. “Andijon” – “Nasaf” uchrashuvi 18 aprel payshanba kuni “Sog‘lom avlod” stadionida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv soat 17:00da boshlanadi.

O‘zaro uchrashuvlar tarixidan

Mazkur klublar oliy ligada shu kungacha 36 bor kuch sinashishgan. Natijalar jamoamizning ustunligini ko‘rsatmoqda. Bo‘lib o‘tgan 23 uchrashuvda “Nasaf”, 5 o‘yinda esa “Andijon” g‘alabaga erishgan. 8 uchrashuvda durang natijasi qayd etilgan.
To‘plar nisbati 84:43ga teng. Ustunlik “Nasaf” tarafida.
O‘zaro uchrashuvlarda qayd etilgan eng yuqori hisoblar quyidagicha: “Nasaf” – “Andijon” 8:1, “Andijon ” – “Nasaf” 6:0.
Jamoamiz so‘nggi o‘zaro uchrashuvni 2016 yil 17 sentyabrda Andijonda o‘tkazgan. Bu uchrashuv 0:0 hisobida yakunlangan. Keyingi ikki mavsumda “Andijon” Superligada ishtirok etmagan.

Andijondagi o‘zaro bahslarga oid

Ushbu jamoalar shu paytgacha Andijonda 18 bor kuch sinashishgan. Uchrashuvlarning yettitasida jamoamiz g‘alaba qozongan. To‘rt uchrashuvda andijonliklarning qo‘li baland kelgan. Qolgan yetti uchrashuvda kuchlar teng kelgan. Darvozalarga jami 48ta to‘p kiritilgan. To‘plar nisbati 24:24.
Andijonda bo‘lib o‘tgan o‘zaro uchrashuvlarda so‘nggi bor, 2016 yili 0:0 hisobi qayd etilgan. “Nasaf” so‘nggi bor, Andijonda 2015 yili 0:1 hisobda g‘alaba qozongan.

Manba: www.fcnasaf.uz
Kiritildi: 18:30, 16.04.2019.
O'qildi: 2984 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.