Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Xayrulla Hamidov maqolasi: «Gvardiola degan soha»

Xayrulla Hamidov maqolasi: «Gvardiola degan soha»

Baho:
+2 | -

Manchester derbisi... Hammasi tugadimi? Ikki peshqadam ham uchtadan o‘yin o‘tkazadi, Angliyada oxirigacha bir narsa deb bo‘lmasdi-ku, nega ko‘pchilik “Manchester Siti”ni “Old Trafford”dagi g‘alabasidan so‘ng chempionga chiqarib qo‘ymoqda?

Chunki “buyuk teatrlar uyi”da mo‘jiza yuz bermadi, «Liverpul»chilar kutgan nodir hodisa sodir bo‘lmadi. Bu o‘ta muhim o‘yin edi. Sulsher qo‘lidan kelganini qildi. Lekin gap bu yerda mezbonlarda emasdi. “Shaharliklar”da edi. Yo‘q, yo‘q, gap faqat ularning ustozida edi. Pep Gvardiola o‘z uslubini yana dunyo ahliga ko‘z-ko‘z etdi: u doimo davraviy tizimda zo‘r murabbiy bo‘lib qolaveradi.

Gvardiola futbolchilarga taktik qarashlarini singdirishda benazir hisoblansa, “Manchester Siti” futbolchilariga mavsum davomidagi o‘yinlarda muvozanatni ushlashni ham zo‘r tushuntira olgan. Qarang, De Bryuynedek futbolchisi jarohat olsa-da, o‘yini o‘zgarmadi. Bunaqa klub Pepdan boshqasida topiladimi?!

Gvardiola uzun mavsumni o‘tkazishda Fergyusondan ham zo‘rroq desam, «MYU»chilar xafa bo‘lishmasin. Zotan, ser o‘z uslubiga uzoq yillar o‘tibgina ega bo‘lgan, ispaniyalik mutaxassis bu narsani ishlagan uchala jamoasida ham tezda amalga oshira olgan.

Gvardiola davraviy tizimga bardosh bera oladigan kuchli taktikasi, mustahkam strategiyasi borligiga klub mutasaddilarini ishontira oladi, shu bois, u so‘ragan o‘yinchi olib kelinadi. Oldindan nima qilayotganini biladigan mutaxassis u.

Pepga intriga ham shart emas. Chempionatning urfiga qarab o‘ynayveradi: La Liga, Bundesliga va APL... Chempionlik uchun kurash turlicha kechadigan chempionatlarda Gvardiola o‘sha yerning futbolini tez o‘zlashtirib oladi va jamoasini mavsum oxirigacha yengib bo‘lmaydigan holatga olib chiqadi.

Har qanday mukammallik ostida bitta kamchilik yashirinib yotadi. Uning yutug‘i kubok o‘yinlaridagi kamchiligiga zamin yaratib kelmoqda. Gvardiola chempionlar ligasida ikki yilki ingliz klublaridan o‘ta olmayapti. Chempionatda ularni tor-mor qilsa-da, pley-offda negadir qoqiladi. Xuddi shu kayfiyatni u “Barselona”ga ham yuqtirib ketgan – jamoa hatto Pep ketganidan so‘ng ham ikki marta chempionatda istaganicha yutib yuradigan “Atletiko”ga imkoniyatni boy berdi (“Real”ni YECHLdan chiqarib yuborgan mavsumi esa, ko‘proq Messining hisobiga yozilsa to‘g‘ri bo‘lardi – Leo 2011 yil juda qo‘rqinchli o‘yin ko‘rsatgan).

“Bavariya” ham Pep davrida YECHL orzusiga yetisha olmadi. Mehmonda urilgan gol, qandaydir g‘alati xatolar va o‘sha – 11-yildan beri Yevropa shoxsupasiga chiqa olmaslik...

Chiqa olmasa ham kerak. Ammo Valverde aytganidek, bu natijalar Gvardiolani dunyoning eng yaxshi murabbiyligidan tushirib qo‘ymaydi. Pep qurayotgan futbolning mukammalligi ostida shu qurbonliklar ham shartga o‘xshaydi. Har holda, pley-off degan ajdaho komidan qutula olmay, jahon futbolidagi nasibalaridan ayrilib yashagan Yoxan Kroyfning shogirdi u. Ustozidan o‘tmagan shogird shogirdmi, axir?!

Yurgen Klopp YECHLning ikki o‘yinida “Man Siti”ni qanday yengganini o‘tgan mavsum ko‘rdik, bu yilgi Premyer ligada o‘zaro o‘yinlarda bor-yo‘g‘i bir ochko oldi. Demak, germaniyalik mutaxassis o‘zi ustozlik qilayotgan “Liverpul” suyadigan pley-off o‘yiniga ko‘proq tayyorlanaversin, Gvardiolaning “Siti”si endi qoqilmasa kerak...

Xayrulla Hamidov

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 10:36, 25.04.2019.
O'qildi: 7216 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.