Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/05 00:00 Espanyol 0-2 Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm 0-3 Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv 1-0 Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi 1-3 Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf 0-0 Navbahor
04/05 21:30 Cremonese 1-2 Lasio
04/05 23:45 Roma 4-0 Fiorentina
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad

Ravshan Ermatov Odil Ahmedov jamoasining OCHLdan o‘rin olgan o‘yinini boshqaradi

Ravshan Ermatov Odil Ahmedov jamoasining OCHLdan o‘rin olgan o‘yinini boshqaradi

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekistonlik bir qator hakamlar Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichidan o‘rin olgan uchrashuvlarda ishlash uchun takliflar olishdi.

Jumladan, OCHL guruh bosqichi 5-turidan o‘rin olgan bahsda Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" jamoasi o‘z maydonida BAAning "Al-Ayn" klubini qabul qiladi. Mazkur o‘yinni Valentin Kovalenko boshqarib boradi. Unga qanotlarda Andrey Sapenk va Temur Gaynullin yordam berishadi. To‘rtinchi hakam ham O‘zbekistondan - Aziz Asimov.  "Al-Hilol" - "Al-Ayn uchrashuvi 6 may kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:00da boshlanadi.

7 may kuni Yaponiyaning "Kavasaki Frontale" jamoasi Xitoyning "Shanxay SIPG" klubini qabul qiladi. Bu uchrashuvni Ravshan Ermatov boshqarib boradi. Unga qanotlarda Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidovlar yordam berishadi. To‘rtinchi hakam - Sherzod Qosimov.

Shu kuni Taylandda bo‘lib o‘tadigan "Buriram Yunayted" - "Urava Red Daymonds" (Yaponiya) uchrashuvida esa bosh hakam sifatida Ilgiz Tantashev ishlaydi. Unga qanotlarda Husniddin Shodmonov va Ruslan Serazetdinovlar yordam berishadi.

Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 16:30, 25.04.2019.
O'qildi: 2344 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик