Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/02 21:00 Al-Ahli (SA) 4-3 Shabab al-Ahli
16/02 21:00 Sharja 1-2 Nasaf
16/02 23:00 Ash-Shorta 3-2 Duhayl
16/02 23:15 Al-Hilol 2-1 Al-Vahda
16/02 23:15 Ash-Shorta - Duhayl
17/02 00:45 Kalyari - Lechche
17/02 01:00 Jirona - Barselona

Shukurjon Rahimov O‘zbekiston terma jamoasiga ikkinchi bronza medalini taqdim etdi

Shukurjon Rahimov O‘zbekiston terma jamoasiga ikkinchi bronza medalini taqdim etdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Tailand poytaxti Bangkok shahrida havaskor boks bo‘yicha Osiyo chempionati yarim final uchrashuvlari boshlandi. O‘zbekiston nomidan beshinchi bo‘lib bahslarda Shukurjon Rahimov ishtirok etdi.

-60 kg vaznda ringga chiqqan Shukurjon Rahimov yarim finalda mo‘g‘ulistonlik Tsendbaatar Yerdenebatga qarshi ringga chiqdi. Bellashuv davomida ustunlikka ega bo‘lgan mo‘g‘ul sportchisi yakunda hakamlarning bir ovozdan bergan qarorlariga ko‘ra, ochkolar bo‘yicha g‘alaba qozonib, finalga yo‘llanma oldi. Rahimov esa bronza medali bilan kifoyalandi.

Bungacha-69 kg vaznda Shahnoza Yunusova O‘zbekiston terma jamoasiga bronza medalni taqdim etgandi.

Eslatib o‘tamiz, bungacha Nodirjon Mirzaahmedov qirg‘izistonlik raqibini, Mirazizbek Mirzahalilov esa filippinlik raqibini mag‘lub etib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgandi.

Bugun yana 4 nafar o‘zbekistonlik bokschi ringga chiqadi.

-69 kg: Bobo Usmon Baturov – Ashish (Hindiston)
+91 kg: Bahodir Jalolov – Muhammad Mulayes (Suriya)
-57 kg: Yodgoroy Mirzayeva – YU-Ting Lin (Xitoy Taypeyi)
-64 kg: Maftuna Meliyeva – Kaur Baat (Hindiston)

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 16:32, 25.04.2019.
O'qildi: 1838 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.