Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/04 00:00 Atletik Bilbao 1-2 Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf 1-1 Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor 2-1 Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum 1-3 So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina 1-0 Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm - Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor - Neftchi

Bobo-Usmon Baturov ham oltin medalni qo‘lga kiritdi

Bobo-Usmon Baturov ham oltin medalni qo‘lga kiritdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Bangkok shahrida boks bo‘yicha navbatdagi Osiyo chempionati o‘z poyoniga yetib bormoqda. Biroz avval musobaqaning so‘nggi kuni doirasida terma jamoamizning yana bir vakili Bobo-Usmon Baturov -69 kg vazn toifasida final jangini o‘tkazdi.

Yaponiyalik Sevonrets Okazavaga qarshi ringga ko‘tarilgan hamyurtimiz jangda o‘z ustunligini namoyish qildi va yutuqlariga orasiga qit’a chempionligini ham qo‘shib qo‘ydi.

Shu tariqa yigitlarimiz finallarda 100 foizlik natija qayd etishmoqda. Eslatib o‘tamiz, biroz avval terma jamoamizning yengil vazndagi vakillari Nodir Mirzahmedov (-49 kg) hamda Mirazizbek Mirzahalilov (-56 kg) ham finalni muvaffaqiyatli o‘tkazishgan edi. Birozdan so‘ng og‘ir vaznli bokschilarimiz ham ringga chiqishadi:

-91 kg: Sanjar Tursunov (O‘zbekiston) – Xyong Kyu Kim (Janubiy Koreya)

+91 kg: Bahodir Jalolov (O‘zbekiston) – Kamshibek Konkabayev (Qozog‘iston)

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 11:59, 26.04.2019.
O'qildi: 2398 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик