Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm 2-2 Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Neftchi
14/04 23:59 Atletiko 1-2 Barselona
14/04 23:59 Liverpul 0-2 PSJ
14/04 23:59 Arsenal - Sporting
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid

VIDEO. Shahram G‘iyosov qiyin kechgan jangda g‘olib bo‘ldi (to‘liq jang)

VIDEO. Shahram G‘iyosov qiyin kechgan jangda g‘olib bo‘ldi (to‘liq jang)

Baho:
+1 | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Professional boksning super yengil (-63,5 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan o‘zbekistonlik Shahram G‘iyosov (8-0, 6 KO) navbatdagi jangida g‘alaba qozonib WBA International chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi.

Inglvud shahridagi Forum saroyida bo‘lib o‘tgan boks oqshomida Shahram G‘iyosovga amerikalik sobiq chempionlik uchun da’vogar Emmanuel Teylor raqiblik qildi. 10 raundga mo‘ljallangan jang to‘liq davom etdi va unda Shahram G‘iyosov to‘liq ustunlik qildi. Hakamlarning ikki nafari 99-91 hisobida Shahram G‘iyosov g‘alabasini qayd etgan bo‘lsa, yana bir hakam 97-93 natijasini qayd etdi.

Hakamlarning bir ovozdan bergan ovozlariga ko‘ra g‘alaba qozongan Shahram G‘iyosov o‘zining ilk chempionlik kamari WBA International kamarini qo‘lga kiritdi. Oldinroq Shahram WBA InterContinental chempionlik kamari uchun jang qilishi xabar berilgandi. Ammo ma’lum bo‘lishicha, u WBA International kamari uchun jang qilgan va ushbu kamar sohibiga aylangan.

Quyida to‘liq jangni tomosha qilishingiz mumkin.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 10:04, 27.04.2019.
O'qildi: 7796 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик