Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/02 21:00 Al-Ahli (SA) 4-3 Shabab al-Ahli
16/02 21:00 Sharja 1-2 Nasaf
16/02 23:00 Ash-Shorta 3-2 Duhayl
16/02 23:15 Al-Hilol 2-1 Al-Vahda
16/02 23:15 Ash-Shorta - Duhayl
17/02 00:45 Kalyari - Lechche
17/02 01:00 Jirona - Barselona

Yosh karatechi qizimiz Osiyo chempioni bo‘ldi

Yosh karatechi qizimiz Osiyo chempioni bo‘ldi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Ayni kunlarda Malayziyaning Kota-Kinabalu shahrida karate bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda.

Quvonarlisi, mazkur chempionatda terma jamoamiz vakili Bonu Egamberdiyeva kumite bahslarida oltin medalga ega bo‘ldi. -53 kilogramm vazn toifasida tatamiga chiqqan vakilamiz final yo‘lida Shri-Lanka, Hindiston, Qozog‘iston, oltin medal uchun kechgan bahsda esa Xitoy terma jamoasi vakilini mag‘lub etdi.

Ta’kidlash joiz, mazkur musobaqa doirasida Osiyo karate federasiyasining navbatdan tashqari Kongressi ham o‘tkazilib, unda qator masalalar ko‘rib chiqildi. Unda kun tartibiga qo‘yilgan asosiy masala poytaxtimiz joriy yil mezbonlik qiladigan Osiyo chempionati sanasining tasdiqlanishi bo‘ldi.

Ishtirokchi delegatlarning barchasi o‘tkaziladigan sana va nomzod shaharni tasdiqlab, uni bir ovozdan qo‘llab-quvvatlashdi. Shu tariqa Toshkentda o‘tadigan Osiyo chempionati 15-21 iyul kunlari o‘tkazilishi rasman tasdiqlandi.

Manba: Olympic.uz
Kiritildi: 08:09, 28.04.2019.
O'qildi: 2066 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.