Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal 1-2 Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad 3-3 Alaves
11/04 18:00 Kalyari 1-0 Cremonese
11/04 18:00 Torino 2-1 Verona
11/04 19:00 Brentford 2-2 Everton
11/04 19:00 Byornli 0-2 Brayton
11/04 19:15 Elche 1-0 Valensiya
11/04 21:00 Milan 0-3 Udineze
11/04 21:30 Liverpul 2-0 Fulhem
11/04 21:30 Barselona 4-1 Espanyol
11/04 23:45 Atalanta 0-1 Yuventus
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor - Surxon
12/04 17:00 Dinamo - Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 18:15 Andijon - OKMK
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe

Toshkentda respublika o‘quv seminari o‘tkazildi

Toshkentda respublika o‘quv seminari o‘tkazildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

26 aprel kuni Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik ta’minlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazida respublika o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

Seminarda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi rahbariyati, tegishli boshqarma va bo‘lim boshliqlari, ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlari hamda olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarining rahbarlari hamda sport federasiya (assosiasiya)lari mutasaddilari ishtirok etishdi.

Tadbirni kirish so‘zi bilan ochib bergan Jismoniy tarbiya va sport vaziri o‘rinbosari Sharifjon Mo‘minjonov Prezidentimiz tomonidan ilgari surilayotgan beshta tashabbus bo‘yicha, xususan yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoit yaratishga yo‘naltirilgan ikkinchi tashabbus doirasida amalga oshirilayotgan ishlar va istiqboldagi vazifalar xususida batafsil ma’lumot berdi.

 

Shundan so‘ng ma’ruza qilgan vazirlikning Fan, sport va ta’lim muassasalarini ilmiy metodik ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i Azizbek Xasanov muassasalarga o‘quvchilarni qabul qilishda hududlardagi real ehtiyojlarni o‘rganish, sport inshootining salohiyati undagi trenerlar va sport jihozlarning holatiga ham alohida e’tibor qaratish lozimligini ta’kidladi. Shuningdek, muassasalarni yangi o‘quv yiliga tayyorlash, o‘quv rejalar va dasturlarni ishlab chiqish, kerakli adabiyotlar va qo‘llanmalar bilan ta’minlash bo‘yicha oldinda turgan ustuvor vazifalar haqida aytib o‘tdi.

 

Navbatdagi ma’ruzachi vazirlikning yuridik bo‘lim boshlig‘i Sherzod Karimov sport ta’limi muassasalari rahbarlariga korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha muassasalarda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar haqida ma’lumot berdi.

Tadbirda shuningdek, ta’lim muassasalari xodimlarining moliyaviy savodxonligini oshirish va moliyaviy xatoliklarga sharoit yaratmaslik choralarini ko‘rish, ichki hujjatlarni tartibga keltirish hamda oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik samarali qilish mavzularida ma’ruzalar tinglandi.

 

O‘quv seminarning amaliy qismi Respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatida davom ettirildi.

Yakunda ishtirokchilarga ushbu seminar davomida olgan bilim va ko‘nikmalarini o‘z muassasalarida amaliyotga joriy etish vazifasi yuklandi.

Manba: Minsport
Kiritildi: 11:44, 29.04.2019.
O'qildi: 2056 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик