O‘zbekiston Supperligasi 6-tur o‘yinlari yakuniga yetdi. Har doimgidek tur lauretlarini e’lon qilishda davom etamiz.
Stadion.uz talqiniga ko‘ra Superliga 6-turining eng chiroyli goli deb “Lokomotiv” yarim himoyachisi Jamshid Iskandarovning “Qizilqum” darvozasiga kiritgan goli topildi.
Jamshid 3-daqiqadayoq Husniddin G‘ofurovning qanotdan bergan pasini to‘xtatmasdan darvozaga “mixlab” qo‘ydi.
Mazkur bahsda “Lokomotiv” o‘zida “Qizilqum”ni 3:1 hisobida mag‘lub etib, ochkolar sonini 15taga yetkazib oldi va ikkinchi o‘rinda bormoqda.