Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/01 01:00 Brentford 0-0 Tottenhem
02/01 01:00 Sanderlend 0-0 Manchester Siti
03/01 00:45 Kalyari 0-1 Milan
03/01 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Xetafe
03/01 16:30 Komo - Udineze
03/01 17:30 Aston Villa - Nottingem Forest
03/01 18:00 Selta - Valensiya
03/01 19:00 Sassuolo - Parma
03/01 19:00 Jenoa - Piza
03/01 20:00 Brayton - Byornli
03/01 20:00 Vulverhempton - Vest Xem
03/01 20:15 Osasuna - Atletik Bilbao
03/01 22:00 Yuventus - Lechche
03/01 22:30 Elche - Vilyarreal
03/01 22:30 Bornmut - Arsenal
04/01 00:45 Atalanta - Roma
04/01 01:00 Espanyol - Barselona
04/01 16:30 Lasio - Napoli
04/01 17:30 Lids - Man. Yunayted
04/01 18:00 Sevilya - Levante
04/01 19:00 Fiorentina - Cremonese
04/01 20:00 Everton - Brentford
04/01 20:00 Fulhem - Liverpul
04/01 20:00 Nyukasl - Kristal Pelas
04/01 20:00 Tottenhem - Sanderlend
04/01 20:15 Real Madrid - Betis
04/01 22:00 Verona - Torino
04/01 22:30 Malyorka - Jirona
04/01 22:30 Alaves - Real Ovyedo
04/01 22:30 Manchester Siti - Chelsi

Yengil atletika bo‘yicha «Olimpiya cho‘qqilari» g‘oliblari aniqlandi

Yengil atletika bo‘yicha «Olimpiya cho‘qqilari» g‘oliblari aniqlandi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Poytaxtimizda ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati tarbiyalanuvchilari o‘rtasida yengil atletika bo‘yicha “Olimpiya cho‘qqilari” O‘zbekiston chempionati o‘tkazildi.

Ushbu musobaqalar maktab-internatlarda sport zaxirasi va malakali sportchilarni tayyorlash tizimini doimiy ravishda muvofiqlashtirib borish, Olimpiya o‘yinlariga munosib ishtirok etadigan iqtidorli sportchilarni tanlab olish hamda O‘zbekiston yoshlar terma jamoalari uchun zaxira tayyorlash maqsadida tashkil etildi.

Toshkent shahridagi O‘zbekiston yengil atletika federasiyasi stadionida o‘tkazilgan musobaqada respublikamizdagi ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlarining 2000 yilda tug‘ilgan va undan kichik bo‘lgan 237 nafar (106 nafari qizlar) sportchilar yengil atletikaning turli yo‘nalishlar bo‘yicha bahs olib borishdi.

Musobaqaning to‘siqlar osha yugurish bahslarida samarqandlik Mehrangiz Ernazarova hamda Ergash Normurodov barcha raqiblaridan ustun keldi.

Turli masofaga yugurish bahslarida esa Habib Sohibnazarov, Shoxruh Baratov (Samarqand); Viktoriya Levina, Irina Levina, Kamila Saidova, Timur Usmonov (RIOZMI); Angelina Gostyuxina, Kamila Radjapova, Aziz Samadov (Chirchiq) marra chizig‘ini birinchi bo‘lib bosib o‘tdi.

Bosqon, nayza, yadro va disk uloqtirish bahslarida Darya Kashinova, Inessa Molchanova(RIOZMI); Muhayyo Qoraboyeva (Farg‘ona) va Dilafro‘z Parpiyeva (Sirdaryo) qizlar o‘rtasida tengsiz deb topilgan bo‘lsa, Ruslan Habibov, Aleksandr Li (Sirdaryo) va Oybek Muhammajonov (Farg‘ona) o‘g‘il bolalar bahsida g‘olib bo‘ldi.

Uzunlikka, balandlikka va uch xatlab sakrashda Vladimir Garamov, Vadim Chikalov, Alina Aripova (RIOZMI); Nadejda Shustova (Chirchiq) va Abdulaziz Abdushukurov (Sirdaryo) shohsupaning yuqori pog‘onasidan o‘rin egalladi.

Umumjamoa natijalariga ko‘ra 1-o‘rinni 395 ochko Samarqand IOZMI, 2-o‘rinni 381 ochko Navoiy IOZMI tarbiyalanuvchilari qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 3-o‘rin Respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati yoshlariga nasib etdi.

Manba: minsport
Kiritildi: 15:03, 01.05.2019.
O'qildi: 1845 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.