Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

Siyosat, madaniyat va madhiya… Yoxud Xitoyning futbolchilar uchun yangi shartlari

Siyosat, madaniyat va madhiya… Yoxud Xitoyning futbolchilar uchun yangi shartlari

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO
Rukn: Yangiliklar

South China Morning Post nashri ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoyda futbolchilarni mahalliylashtirish qoidasini keskin qat’iylashtirishdi.

Endilikda mamlakat fuqaroligini olib, chin yurti terma jamoasida o‘ynashni xohlovchi xorijliklar bir qator talablarni bajarishlari shart. Xitoy pasportiga da’vogar o‘yinchi oldiga qo‘yiladigan asosiy talablar:

1. Xitoy tarixini o‘rganish (maxsus kursda o‘qish asnosida)

2. Xitoy kommunistik partiyasi g‘oyalari, mamlakat madaniyati va mahalliy tilni bilish, shuningdek, siyosiy ta’lim olish

3. Xitoy madhiyasini yodlash

O‘qitish jarayonini futbolchining klubi tashkillashtiradi va barchasini alohida tayinlangan mutasaddilar nazorat qilishadi.

Xitoy qonunchiligiga ko‘ra, boshqa mamlakat fuqarosiga mahalliy pasport berilmaydi. Oddiy aytganda, Xitoy pasportini olishni istagan kishi o‘z vatani fuqaroligidan voz kechishi kerak. Aytgancha, norvegiyalik 21 yoshli Yon Xou Seter Xitoy fuqaroligini olgan birinchi futbolchi bo‘ldi. U Norvegiyaga aynan Xitoydan ko‘chib ketgan ayolning farzandidir.

Xullas, Yon Xouning ismi-sharifi o‘zgardi - Xoy Yunxen. Norvegiyalik iqtidor egasi ayni payt «Pekin Gouan»da Sedrik Bakambu va Renato Augusto kabi mashhur futbolchilar bilan birga o‘ynamoqda. Xullas, Xoy onasining orzusi (u o‘g‘lini Xitoy terma jamoasi safida ko‘rmoqchi) yo‘lida Norvegiyadan mutlaqo voz kechdi, garchi yoshlar toifasidagi xalqaro turnirlarda skandinaviyaliklar sharafini himoya qilgan bo‘lsada.

Keyinroq «Arsenal»ning sobiq futbolchisi Niko Yennaris ham Xitoy pasportini olib, ismi-sharifini o‘zgartirdi - Li Ke. Unga ham onasining xitoylik ekanligi qo‘l keldi. Angliyalik yana bir o‘yinchi - Tias Brauning fuqarolik olish yuzasidan endi ariza topshirgan. Uning bobosi xitoylik, o‘zi hozirda «Guanjou Evergrand»da Paulinyo va Taliska bilan birga o‘ynamoqda.

Vaqtida Gabon termasi sharafini himoya qilgan «Shanxay Shenxua» vakili Aleksander Ndumbu ham xitoylikka aylandi - Syan Szigey, lekin u Chin yurti milliy jamoasida o‘ynolmaydi.

Umuman, xorijlik futbolchilarga fuqarolik berish - mamlakat rahbari Si Szinpin tomonidan qabul qilingan loyihaning bir qismi. Chunonchi, futbolga mehri baland Szinpin JCHni Xitoyda o‘tkazish va hattoki, 2050 yilga qadar jahon kubogini yutishga qaratilgan katta loyihani tasdiqlagan...

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 15:36, 02.05.2019.
O'qildi: 4517 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.