Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal 1-2 Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad 3-3 Alaves
11/04 18:00 Kalyari 1-0 Cremonese
11/04 18:00 Torino 2-1 Verona
11/04 19:00 Brentford 2-2 Everton
11/04 19:00 Byornli 0-2 Brayton
11/04 19:15 Elche 1-0 Valensiya
11/04 21:00 Milan 0-3 Udineze
11/04 21:30 Liverpul 2-0 Fulhem
11/04 21:30 Barselona 4-1 Espanyol
11/04 23:45 Atalanta 0-1 Yuventus
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor - Surxon
12/04 17:00 Dinamo - Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 18:15 Andijon - OKMK
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe

Umid Ahmadjonov: «Qolgan muxlislar ham sizlardan o‘rnak olsin»

Umid Ahmadjonov: «Qolgan muxlislar ham sizlardan o‘rnak olsin»

Baho:
+1 | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Bugun futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 7-turi doirasida Namanganning “Navbahor” klubi Jizzaxning “So‘g‘diyona” jamoasini qabul qilmoqda. E’tiborlisi, ushbu uchrashuv “Navbahor” uchun yangi mavsumda o‘z maydonida kechgan birinchi o‘yin bo‘ldi. Jamoa avvalgi bahslarda uy uchrashuvlarini Farg‘onadagi “Istiqlol” stadionida o‘tkazayotgan edi.

Ayni paytga kelib, Namangan shahridagi stadion to‘liq ta’mirdan chiqarildi, yangi maydon yotqizilib, o‘yinlarni qabul qilishga shay holga keldi. MOQ prezidenti, O‘FA birinchi vise-prezidenti Umid Ahmadjonov ham mazkur uchrashuvni bevosita stadiondan kuzatib borish uchun Namanganga tashrif buyurdi. MOQ rahbari tantanali ochilish marosimida namanganlik charm to‘p ixlosmandlarining futbolsevarligiga alohida to‘xtalib o‘tdi.

“Bizning atrofimizda ayni damda O‘zbekistonning eng oldi futbol muxlislari o‘tiribdi desam, yanglishmagan bo‘lamagan. Sizdek muxlislar eng yaxshi sharoitlarga munosibdir. Ko‘rib turibmizki, Namangan viloyati rahbariyati buni chuqur anglagan holda, barcha ijobiy o‘zgarishlarni aynan siz uchun amalga oshirishgan. Roppa-rosa bir yil avval mazkur stadionning yangi qiyofasini birgalikda ochish nasib qilgandi. Keyinroq stadion maysasi haqida bir qator tanqidiy fikrlar bildirildi. Bugun esa “Navbahor” o‘z uy uchrashuvlarini o‘tkazadigan maydon ajoyib ko‘rinishga keldi. Yevropaning mana-man degan klublariga qarshi to‘p surgan jamoa bosh murabbiyini hayratga soldimi, demak bu maydonda katta g‘alabalarga erishish mumkin. Namanganlik futbol muxlislari va viloyat mutasaddilariga Milliy olimpiya qo‘mitasi hamda O‘zbekiston futbol assosiasiyasi nomidan o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Shu bilan birgalikda, Superliganing qolgan jamoalari muxlislari ham stadionlarni to‘ldirishda sizlardan o‘rnak olishlaridan umidvorman”, dedi Umid Ahmadjonov.

Shuningdek, Umid Ahmadjonov mazkur samarali ishlarga bosh-qosh bo‘layotgan Namangan viloyati hokimi Xayrulla Bozorovga alohida minnatdorchilik bildirib o‘tdi.

O‘FA hamda PFLning sa’yi-harakatlari natijasida Superliga jamoalarining deyarli barchasida maydon holati bilan bog‘liq muammolar bartaraf etilmoqa. O‘tgan mavsum “Navbahor” stadionining holati ko‘plab e’tiroz va tanqidlarga sabab bo‘layotgan edi. “Nasaf”ning zahira maydonidan olib kelingan yangi chim ushbu muammoni bartaraf etishga xizmat qildi.

Manba: Olympic.uz
Kiritildi: 20:36, 04.05.2019.
O'qildi: 10112 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик