Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/02 01:00 PSJ 2-2 Monako
26/02 01:00 Real Madrid 2-1 Benfika
26/02 01:00 Yuventus 3-2 Galatasaroy
27/02 18:00 Buxoro 1-0 Qo‘qon-1912
27/02 18:45 Andijon 4-0 So‘g‘diyona
27/02 19:00 Paxtakor 2-0 Qizilqum
28/02 00:45 Parma - Kalyari
28/02 01:00 Levante - Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton - Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut - Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi - Mash’al
28/02 19:00 Komo - Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv - Surxon
28/02 19:15 Dinamo - Navbahor
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli - Brentford
28/02 20:00 Liverpul - Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl - Everton
28/02 20:15 Barselona - Vilyarreal
28/02 22:00 Verona - Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti

«Inson aziz, xotira muqaddas» – Kosonsoyda xotira turniri bo‘lib o‘tdi

«Inson aziz, xotira muqaddas» – Kosonsoyda xotira turniri bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -

Bugungi kunda 9 may, yurtimizning gullab-yashnashiga o‘z hissasini qo‘shgan insonlar xotirasi yodga olinadigan, faxriylarga izzat - ikrom, mehr oqibat odatdagidanda ko‘proq ko‘rsatiladigan muborak sanaga aylangan. 

Shu munosabat bilan Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi Kosonsoy tuman kengashi tashabbusi bilan “9-may - Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan “Inson aziz, xotira muqaddas” shiori ostida fidoiy inson, mehnat faxriysi marhum Samaraxon Karimovning 89-yilligiga bag‘ishlangan uyushmagan yoshlar o‘rtasida “Kosonsoy yoshlari jinoyatchilikka qarshi, yot g‘oyalarni qoralaydi” shiori ostida futbol bo‘yicha “Kosonsoy yoshlar kubogi 2019” turniri o‘tkazildi. 

Ta’kidlash joiz, mazkur turnir ham ana shu beshta tashabbusning ikkinchisi - yoshlarni jismoniy chiniqtirish va sport sohasida o‘z qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishdek ezgu maqsadni amalga oshirish doirasida tashkil etildi. 

Musobaqada tumandagi mahalla fuqarolar yig‘inlari yoshlaridan shakllangan 16ta jamoa 4ta guruhga bo‘lingan holda Olimpiya sikli qoidalari asosida g‘oliblik uchun kuch sinashdilar. 

Har bir bahs g‘oyat qiziqarli va teng kuchlar ostida o‘tdi. Musobaqa finaliga “Gulobod” hamda “Sohibkor” jamoalari yetib kelishdi. 

Murosasiz va teng kurashlar ostida o‘tgan bahsda “Gulobod” jamoasi raqiblarini 2:1 hisobida mag‘lub etib, bosh sovringa sazovor bo‘ldi. 

2-o‘ringa “Sohibkor” klubi loyiq ko‘rilgan bo‘lsa, 3-o‘rin esa “Obod” hamda “Yoshlar Ittifoqi” jamoalariga nasib etdi. 

Turnirda faxrli o‘rinlarni egallagan jamoalar, mahoratini namoyon etgan yosh futbolchilar musobaqa tashkilotchilari tomonidan diplom, medallar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. 

Tadbir so‘nggida Samaraxon Karimovning farzandlari Muyassarxon Karimova so‘zga chiqib, turnir g‘oliblarini samimiy qutlab, tadbirni o‘tkazishda jonbozlik ko‘rsatgan barchaga chin dildan samimiy minnatdorchiligini bildirdilar.

Bundan tashqari, musobaqani tomosha qilish uchun muxlislar qatorida Samaraxon Karimovning farzandlari, nabiralari ham kelishdi.

"Kosonsoy yoshlar kubogi 2019"

Chorak final

1/4 final

Gulobod - Bog‘ishamol - 3:2

Kushon - Obod-1:4

Yoshlar Ittifoqi - Tagijar - 8:3

Guliston - Sohibkor - 1:1

(penaltilar bo‘yicha: 1:3).

1/2 final

Gulobod – Yoshlar Ittifoqi - 5:3

Sohibkor - Obod - 9:1

Final

Gulobod - Sohibkor - 2:1. 

1-o‘rin - Gulobod

2-o‘rin - Sohibkor

3-o‘rin - Obod, Yoshlar Ittifoqi.

Manba: Stadion
Kiritildi: 09:07, 05.05.2019.
O'qildi: 1541 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.