Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino 3-1 Milan
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

Neymar – soch turmak ishqibozi

Neymar – soch turmak ishqibozi

Baho:
+ | -

Chindan ham, Neymar soch turmagini o‘zgartirish bo‘yicha boshqalardan yaqqol ajralib turadi.

2018 yilning o‘zida u kamida 12 marta imijini o‘zgartirdi: timqora sochini oq-sariqqa bo‘yadi, sochining ayrim qismini kalga oldirdi, dredlar o‘rdirdi. Xullas, braziliyalik yulduzning odatlari orasiga fint va simulyasiya bilan birgalikda turmak almashtirishni ham qo‘shish mumkin.

Umuman olganda, Neymar sochlari bilan tajriba o‘tkazishdan qo‘rqmaydi. Uning so‘nggi 10 yil ichidagi turmaklariga nazar tashlasangiz, bunga o‘zingiz ham guvoh bo‘lishingiz mumkin.

• 2015 yilgi variant. Omma orasida u «undercut» nomini olgan, ko‘proq erkaklarga xos turmak.

• 2018 yilgi dastlabki variant. Klassik afrostayl.

• 2018 yilgi ikkinchi variant. Sochlarning ayrim qismi bo‘yab, jilo berilgan. Buni «skin fade» deyishadi. Ko‘rinishidan spagetti eslatadi. Neymar - yulduz, shu bois boshqalardan ajralib turishni xush ko‘radi.

Ushbu uchta turmak - eng yaxshilari. 2011 va 2012 yillardagisi - panklar uslubi. Bunday sochlar 70-yillarda urf bo‘lgan. Panklar istagan paytda irokez qilishlari mumkin.

2016 yilgi turmak - dahshat. Pati tozalangan jo‘jani eslatadi. Yuzi esa baqaloqlarnikidek.

2013 yilgi variant - haqiqiy bema’nilik. Go‘yoki ko‘zgu qarshisida sochini o‘zi kesgandek.

So‘nggi turmak - xipsterlarga xos. Dredlar aktual emas, hozir bu shunchaki alohida stilistik yo‘nalish, xolos.

Umumiy hisobda bularning bari - tajribalar, boshqalardan ajralib turish istagi va e’tiborni tortish vositasi. Mazkur holatda uslub yo‘q. Pol Pogbada esa bor. Neymarning holati faqat kulgu va didsizlikdan darak.

Braziliyalik hujumchi sochiga shunchalik ko‘p oro berganidan, ma’lum muddat davolanishiga to‘g‘ri kelgan.

2010-2012. Irokez yosh Neymarning bosh timsoliga aylangandi. Kichik yoshdaligida braziliyalik futbolchi qisqa turmakni ma’qul ko‘rgan, vaqt o‘tgach sochlarini uzaytirgan. Boshidagi ilk «toj» 2010 yili paydo bo‘lgan, o‘shanda San-Paulu chempionatining birinchi o‘yinida «Santos» «Rio-Branko» ustidan 4:0 hisobida g‘alaba qozongan, Neymar esa «dubl» qayd etgandi.

Braziliyalik iqtidor sohibi 15 yoshdaligida unga xizmat ko‘rsatgan sartarosh Kosme Sallesh shunday eslaydi: «U biror-bir yangilikni sinab ko‘rishni xohlaganda, shimoliy qabilalardagi hindularga xos irokezni tavsiya qilgandim». Birinchi galda ushbu turmak tribunada o‘tirgan otasiga yoqmagandi. Katta Neymar 18 yoshli o‘g‘lining boshida o‘tgan asrning 70-yillariga xos uslubni ko‘rib hayratlangandi: avvallari irokezlar hukumatga qarshi chiquvchi pank-anarxistlarga xos bo‘lgan, ular tikka sochlar orqali butun dunyoga qarshi ekanliklarini namoyon etishgandi. Neymarda radikal kayfiyat bo‘lmasada, boshqalardan ajralib turishni xohladi va yoshlar orasida qo‘pol turmaklar an’ana tusini olishiga sababchi bo‘ldi.

Braziliya termasi hujumchi Risharlison shunday degandi: «Neymar - bolaligimdagi kumirim. Har jabhada unga o‘xshashga intilardim: fint­lar, turmaklar... 12-13 yoshimda sochim xuddi Neymarniki singari sariq irokez holatida bo‘lgan. To‘g‘ri, sifatli lakdan foydalana olmasdim, shu bois irokez uzog‘i besh daqiqa turib, so‘ng yotib qolardi».

Neymarning irokezi bir necha marta ko‘rinishini o‘zgartirgan. Avvaliga braziliyalik yulduz sochini ombre (qora va oq-sariq aralash) uslubida bo‘yadi. Uzun turmak bosh bilan o‘ynashda xalal bergach, uni qisqartirdi.

2012 yilgi turmagi esa 80-yillarga xos. Braziliyalik futbolchi avvalgi rangni qoldirgan, chakkasidagi sochlarni qisqartirib, boshining yuqori qismidagi yengil pala-partishlikdan voz kechmagan.

2013-2017. «Unda turmaklar bo‘yicha maniya bor. Sochiga hech kim tegmasligi kerak, aks holda, jahli chiqadi», - deya eslaydi Luis Suares.

2013 yili «Barselona»ga o‘tganida, Neymar stil bo‘yicha yanada ko‘proq shug‘ullana boshladi. Rafinya va Dani Alvesning maslahatiga ko‘ra kataloniyalik stilist Vagner Tenorioga uchradi. Bu shaxs Filippe Koutinyo, Markinyos va boshqa ko‘plab futbol kishilarining sochini tarashlaydi, bu sohada 30 yildan ortiq tajribaga ega.

Neymar ham Tenorioni juda yaxshi ko‘radi: uning uchun shaxsiy avtomobil yollaydi, shu tariqa sartarosh futbolchining uyida ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ko‘rsatilgan xizmat evaziga Neymar oyiga 2 ming yevrodan kam to‘lamaydi.

Tenorio darhol futbolchining sochlarini davolashga kirishdi: muntazam o‘tkazilgan tajribalar oqibatida sochlarning holati yomonlashgandi. Sartarosh futbolchining turmagini qisqartirdi, o‘z dorilari bilan soch ildizlarini davoladi, so‘ng­ra soch rangini o‘zgartirdi.

Tenorio kiritgan turfa o‘zgarishlarga nazar tashlaymiz:

• sochlarni qizilga bo‘yadi (quyosh nurida bu yaqqol seziladi);

• ranglarni yo‘qotib, to‘q qora ildizlarning o‘sishiga imkon yaratdi;

• Neymarni 100 foiz oq-mallasochga aylantirdi (mazkur holatda turmakning oddiyligi saqlanib qoldi - sochlar qisqa qo‘ng‘iroq ko‘rinish oldi);

• sochlarni maksimal darajada tabiiy holatga qaytardi;

• ora-sira oq-malla rang berdi - so‘nggi paytlarda Neymarga xos bo‘lib ulgurgun ranglar birikmasi («PSJ»ga o‘tganidan keyin shunday ko‘rinish oldi).

Braziliyada o‘tkazilgan JCH-2014 paytida Neymar timqora sochlarini o‘stirdi. Bir yildan so‘ng turmagi yana o‘zgacha ko‘rinish oldi - dengiz to‘lqiniga o‘xshardi.

«Barselona»da Neymar ko‘pchilikning hayratiga sababchi bo‘ldi: sochini kalga oldirib, yotiq irokez qo‘ydi. Turmakning yon qismiga shakl berildi, ular hozir ham ko‘zga tashlanadi. Bu ishga sartarosh Nariko mas’ul. Turli suratlar chizdirishni ham unutmaydi va ularning har biriga qariyb 45 dollardan to‘laydi.

Braziliya (hattoki, bosh murabbiy Tite ham) hamda Urugvay termasining deyarli barcha yulduzlari Narikoning mijozlari hisoblanishadi. Sartaroshning San-Paulu yaqinida saloni bor. Neymar «Barselona»dan «PSJ»ga o‘tganida Nariko Parijga ko‘chib o‘tib, u yerda ham studiya ochdi.

2018. Tenorio va Nariko Neymar bilan birgalikda JCH-2018ga borishdi. Rossiyada o‘tgan ikki hafta mobaynida braziliyalik hujumchi asosiy vaqtini gol urish bilan emas, sartaroshlar qabulida o‘tkazdi (ikki golga qarshi to‘rtta turmak).

Neymar turnirni makaron ko‘rinishidagi turmak bilan boshlagandi (Erik Kantona «Instagram»dagi sahifasida uni spagettiga qiyoslagandi), so‘ngra sochlarini biroz qisqartirib, musobaqani timqora soch­lar bilan yakunladi. Qora ildizlar, yuqorisi yorqin rangda, tabiiy qo‘ng‘irsochlar (qisqartirilgan talqini) - Neymarning 2018 yil yozidagi ko‘rinishi.

Qishga borib braziliyalik futbolchi dredlarni ma’qul ko‘rdi va ta’tilga shu holda chiqdi. Dredlarning mashhurlikka erishishida Bob Marlining hissasi katta. 70-yillarga xos uslub asta-sekin urfga aylanmoqda: 2000 yillar boshida bunday turmakni Edgar Davids, Xenrik Larsson, Klarens Zeedorf singari futbolchilarda ko‘rgandik.

Neymarning dredlari bahorda o‘rilgandi, qishda esa nisbatan murakkabroq talqinini ko‘rsatdi. Bunday turmakka ega bo‘lish uchun sochlarni yillar bo‘yi o‘stirish shartmas: shunchaki, tabiiy yoki sun’iy materiallardan tayyorlangan xavfsiz dredlar yopishtirish kifoya. Bu darhaqiqat xavfsiz, ammo ularni uch oydan ko‘p taqib yurib bo‘lmaydi.

Braziliyalik yulduz tiklanish jarayoniga tabiiy rangdagi qisqa qo‘ng‘irsochlar bilan kirishdi. Yana tajriba o‘tkazish uchun esa Neymarda hali vaqt yetarli.
Aytgancha, Braziliya soliq xizmati «PSJ» hujumchisi Neymarga tegishli mulkning muayyan qismiga taqiq qo‘ydi. Futbolchi 2013 yilda «Santos»dan «Barselona»ga o‘tish chog‘ida soliq to‘lashdan bosh tortganlikda ayblanmoqda. Braziliyalikning oilasiga 15,7 million yevro to‘lash taklif qilinmoqda, shuningdek, 150 foiz miqdorda jarima ham. Neymar tomoni 2,6 million yevro to‘lashga rozi. Chora sifatida 2008 yilda ishlab chiqarilgan Cessna Citation 680 samolyoti va 2012 yilda ishlab chiqarilgan Eurocopter 130 B4 vertolyoti ro‘yxatga olingan. Futbolchining otasi Braziliya iqtisodiyot vaziri Paulo Guedes bilan uchrashgan, ammo kelishuvga erisha olmagan.

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 14:33, 08.05.2019.
O'qildi: 5146 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.