Kirish Ro'yxatdan o'tish
31/12 00:30 Byornli 1-3 Nyukasl
31/12 00:30 Chelsi 2-2 Bornmut
31/12 00:30 Nottingem Forest 0-2 Everton
31/12 00:30 Vest Xem 2-2 Brayton
31/12 01:15 Arsenal 4-1 Aston Villa
31/12 01:15 Man. Yunayted 1-1 Vulverhempton
01/01 22:30 Kristal Pelas - Fulhem
01/01 22:30 Liverpul - Lids
02/01 01:00 Brentford - Tottenhem
02/01 01:00 Sanderlend - Manchester Siti

Tennischilarimiz xalqaro turnirni g‘alaba bilan boshladi

Tennischilarimiz xalqaro turnirni g‘alaba bilan boshladi

Baho:
+ | -
Qozog‘istonning Chimkent shahrida tennis bo‘yicha erkaklar o‘rtasida o‘tayotgan "Chellenjer" turnirida dastlabki davra bahslari o‘tkazildi.   Unda hamyurtimiz Sanjar Fayziyev hindistonlik Arjun Kadxeni 5:7, 7:5, 6:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, ikkinchi davra bahslariga yo‘l oldi va rossiyalik Roman Safiullinga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.   Yakkalik bahslarining ilk bosqichida tennischilarimiz Humoyun Sultonov va Sergey Fomin muvaffaqiyatsizlikka uchradi.   Tennis bo‘yicha Tojikistonning Dushanbe shahrida o‘smirlar o‘rtasida o‘tayotgan xalqaro musobaqada Farida Marimova hamda Setora Normurodova dastlabki raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, navbatdagi bosqichga yo‘l oldi.   O‘g‘il bolalar o‘rtasidagi bellashuvlarda hamyurt tennischilarimiz – Aziz Dadaboyev, Berdiyor Mavlonov va Said Akbarov birinchi davradan muvaffaqiyatli o‘tdi.   Eslatib o‘tamiz, "J5" turkumidagi mazkur musobaqaning yakkalik bahslarida birinchi davra o‘yinlari davom etmoqda.
Manba: UZA
Kiritildi: 00:03, 09.05.2019.
O'qildi: 2199 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.