Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/02 01:00 Benfika 0-1 Real Madrid
18/02 01:00 Monako 2-3 PSJ
18/02 01:00 Borussiya D 2-0 Atalanta
18/02 22:45 Qorabog‘ 1-6 Nyukasl
18/02 23:15 An-Nasr (SA) 1-0 Arkadag'
18/02 23:15 Al-Ahli Doha 1-0 Sepohon
19/02 01:00 Olimpiakos 0-2 Bayer
19/02 01:00 Bryugge 3-3 Atletiko
19/02 01:00 Bude-Glimt 3-1 Inter

Frenki De Yong muxlislardan uzr so‘radi

Frenki De Yong muxlislardan uzr so‘radi

Baho:
+ | -

Kechagi uchrashuvdan so‘ng, «Jizn Futbol» nashri «Tottenhem» bosh murabbiysi hamda Frenki De Yongdan intervyu oldi va o‘z saytida e’lon qildi. Biz saytimiz o‘quvchilari uchun uni tarjima qildik.

Pochetinyo

O‘yin biz hohlagan ko‘rinishda o‘tdi.  Mehmonda o‘ynashimizga qaramasdan, qo‘rqmay hujumga o‘tdik. Biz «Ayaks»ga qarshi o‘z futbolimizni nomoyish etdik va bu ish berdi. YCHL finaliga yo‘l olganimiz bilan hamma muxlislarimizni tabriklayman. Bu chinakam bayram! Bunaqasi yana qachon bo‘lishi dargumon!
«Barselona» va «Liverpul» uchrashuviga to‘xtalsak, men uchun 1 - o‘yindan so‘ng hammasi hal bo‘lgandek ko‘ringan edi. Buni qarangki, Klopp imkonsiz vaziyatdan ham chiqib ketish yo‘lini topdi va buni amalga oshirishni uddasidan chiqdi. U murabbiy emas, u  sehrgar. Men finalda daxshatli o‘yin kutib qolaman

Frenki De Yong

Biz uchun juda alamli mag‘lubiyat bo‘ldi.  Bu mavsum yo‘limizda uchragan kuchli klublarni mag‘lubiyatga uchratdik, biroq «Tottenhem» bizni to‘xtatdi. Tan olish kerak Angliya futboli bu mavsumda Yevropani to‘liq zabt etmoqda.  Men bugun finalda o‘ynash uchun qo‘limdan kelganicha harakat qildim lekin, har doim ham biz xohlagandek bo‘lavermaydi.
«Barselona» «Liverpul» uchrashuviga keladigan bo‘lsak, ikki jamoa o‘rtasidagi javob bahsini so‘z bilan ta’riflab bo‘lamaydi. O‘sha kuni «Enfild»da mo‘’jiza yuz berdi. Bejizga APL 1 - raqamli chempionat hisoblanmaydi. «Barsa» javob bahsida maydonda yo‘qolib qoldi va o‘z futbolini namoyish eta olmadi.  Final oldidan ikki klubga ham omad tilab qolaman.

Manba: Жизнь Футбол
Kiritildi: 13:56, 09.05.2019.
O'qildi: 6882 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.