Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Universallik timsoli yoki yana Keysuke Xonda haqida

Universallik timsoli yoki yana Keysuke Xonda haqida

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

Yaponiya terma jamoasining sobiq sardori, mahoratli futbolchi Keysuke Xondani yurtimiz futbol ishqibozlari yaxshi tanishadi.

Chunonchi, uning jarima zarbalarini qoyillatib amalga oshirganiga barchamiz ko‘p bor guvoh bo‘lganmiz. Xonda ayni payt nimalar bilan mashg‘ul ekani esa faqat futbolchining ashaddiy muxlislarigagina ma’lum. Vaholanki, Xonda hozir futbolchi bo‘lish bilan bir qatorda, Kambodja terma jamoasi bosh murabbiyi va kiber­sport yo‘nalishining rivojiga ulkan hissa qo‘shayotgan tadbirkor ham sanaladi.

Xonda - shunchaki azamat!

Bizningcha, SSKAning sobiq yarim himoyachisi Keysuke Xonda — sayyoramizdagi eng universal o‘yinchi. Chunonchi, u 2018 yilning avgustidan beri Avstraliyaning «Melburn Viktori» klubida to‘p suryapti (darvoqe, natijasi ham chakki emas - 19 o‘yinda 8 gol), shu vaqtning o‘zida Kambodja terma jamoasiga ustozlik qilyapti, yaqindan boshlab esa Gollivudning mashhur aktyorlaridan biri Uill Smit bilan birga kelajagi porloq deya baholanayotgan startap faoliyatini yo‘lga qo‘ydi.

Futbolchi va murabbiy

Umuman olganda, Xonda futboldagi faoliyatini 2018 yilgi mundialdan keyin yakunlashni maqsad qilgandi. Ammo «Melburn»dan tushgan manfaatli taklif uning rejalarini o‘zgartirib yubordi. Qolaversa, 2020 yili Tokioda yozgi Olimpiada bo‘lib o‘tadi va Xonda bu musobaqada qatnashish istagida. Olimpiada - albatta, kim uchundir kulguli tuyulishi mumkin, ammo unutmaslik kerakki, Yaponiya poytaxtida o‘tgan avvalgi turnirda Xondaning bobosi ishtirok etgan. Demak, maqsad - prinsipial darajada.

Ana shu oyning o‘zida, aniqrog‘i, 12 avgustda Kambodja futbol federasiyasi prezidenti olamshumul yangilikni e’lon qildi: Keysuke — mamlakat terma jamoasi bosh murabbiyi! Mazkur xabar tarqalganidan beri Xonda shogirdlari 8ta o‘yin o‘tkazib, ularning 6tasida mag‘lub bo‘lishdi, Sharqiy Timor bilan durang o‘ynab, Janubiy-SHarqiy Osiyo chempionatida Laos termasini yengishdi - 3:1. Biroq FIFA reytingida atigi 173-o‘rinni egallab turgan jamoadan katta yutuqlarni kutishning o‘zi to‘g‘ri bo‘lmaydi.

Shunisi aniqki, Keysukeni Kambodjada juda yaxshi ko‘rishadi, Xondaning o‘zi ham Kambodjani yoqtiradi. Deylik, u Yaponiya terma jamoasi safida ilk bor bu davlatga kelganida, mahalliy sharoitni yoqtirib qolib, poytaxtda xususiy futbol maktabi ochdi. Xullas, Xonda hozircha shogirdlarini masofadan - videoaloqalar orqali boshqaryapti. Shunga qaramay, oyda bir marta Kambodjaga borib kelyapti. Bir tomonning uzoqligi 7 ming km. ekanini hisobga olsak, bu oson ish emas. Masalan, Keysuke noyabr oyida Myanmaga qarshi o‘yinga deyarli hakam hushtagi chalinishi arafasidagina yetib keldi. Chunki bir kun oldin «Melburn» ichki chempionatda o‘ta muhim bahs o‘tkazgandi.

Tadbirkor

2018 yilning yozida Xonda Gollivud kinoyulduzi Uill Smit bilan hamkorlikda Dreamers Fund fondi tashkil qilgani haqida xabar berdi. Futbol yulduzi bilan kinoqahramonni hayotda nima birlashtirib turar ekan, deb ortiqcha bosh qotirmang: har ikkala taniqli shaxs bitta moliyaviy maslahatchi inson xizmatidan foydalanishadi. Qisqasi, Keysuke bu orqali insonlarning turmush tarzini yanada yaxshi tomonga o‘zgartirishni niyat qilgan. Hozirgacha esa mazkur fond Janubiy Koreyaning kibersportga ixtisoslashgan Gen.G tashkilotiga 46 mln. dollar miqdorida investisiya kiritdi. Aytgancha, bu jamoaga Dreamers Fund fondidan tashqari, Stenford universiteti, Kremniy vodiysidagi fondlar va MBA ishtirokchisi - «Los-Anjeles Klippers» klubi aksioneri Dennis Vonglar ham e’tibor hamda yordam berib kelishmoqda.

Yana nima?

Darvoqe, yaponiyalik futbolchi haqidagi yana bir muhim xabar: Xondaning o‘z shaxsiy klubi ham bor. Gap shundaki, u 2015 yili Avstriyaning «Xorn» nomli klubiga ikki million dollardan ko‘proq investisiya kiritadi va klubni o‘zlashtirib oladi. Ayni payt jamoa rahbarligi Keysukening akasi Yodji Xonda tasarrufida bo‘lib, futbolchilarga Germaniya terma jamoasi va «Bavariya» klubining sobiq hujumchisi Kars­ten Yanker ustozlik qilmoqda. O‘tgan mavsum klub mintaqaviy musobaqa g‘olibi bo‘lib, birinchi liga yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Ammo hozirda «Xorn»ning ishlari ko‘ngildagidek emas: klub 16 jamoa ishtirok etadigan turnir jadvalida 15-o‘rnini egallab turibdi.

Yaqinda Xondani Rossiyaning SSKA klubi prezidenti Yevgeniy Giner ham yodga oldi. Ma’lumki, Giner yaponiyalik futbolchi klubdan ketgani uchun undan anchagina xafa. Shu bois, klubning Hyundai firmasi bilan kelishuvini rasmiylashtirish chog‘ida amaldor endi Keysuke ham Moskvaga qaytishi mumkinligini ta’kidladi. «Bu ajoyib ish bo‘lardi», — dedi Giner.

Biroq aftidan, Keysukening SSKAsiz hayoti ham juda ajoyibga o‘xshaydi...

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 21:06, 09.05.2019.
O'qildi: 4151 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.