Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino 3-1 Milan
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo 0-2 Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

Yozda erkin agentga aylanadigan yulduzlar

Yozda erkin agentga aylanadigan yulduzlar

Baho:
+ | -

Bu mavsum so‘ngida bir nechta top futbolchilarning shartnomalari o‘z yakuniga yetadi. Ularning ayrimlari klubda qolishni istasa, ba’zilari yangi klubi bilan muzokaralar o‘tkazishni boshlab yuborgan. Bundan tashqari, yana ba’zi futbolchilarning kelajagi hozircha mavhumligicha qolmoqda. Bugun ana shunday futbolchilar haqida qisqacha

Buffon

41 yoshlik darvozabonning YCHLni yutish istagi hech so‘nmayapti shekilli, ketish haqida sira o‘ylamayapti. Uning «PSJ» bilan shartnomasi 1+1 ko‘rinishida imzolangan bo‘lib ikki tomon yangi shartnomaga rozi bo‘lsagina yana bir yilga uzaytiriladi. Hozirda «PSJ» shartnomani uzaytirish to‘g‘risida hecha qanday ma’lumot berganicha yo‘q. Buffonning agenti ham futbolchisi uchun yangi klub izlayotgani haqida  «Tuttosport» nashri xabar bergan edi. Ko‘ramiz, «PSJ» faxriy darvozaboni o‘z safida olib qolinadimi yoki yoshroq posbonga o‘z darvozasini bo‘shatib beradimi? Buyog‘ini vaqt ko‘rsatadi.

Antonio Valensiya

«Manchester Yunayted» klubining faxriy futbolchisi hozirda 33 yoshda bo‘lsa ham, uning hizmatlariga ko‘plab klublar qiziqish bildirmoqda. Uning «qizil iblislar» safida 10 yil davomida to‘p surgani hurmati  yana bir yillik shartnoma taklif qilinishi mumkin edi, ammo  Sulsher futbolchidan to‘liq bosh tortdi. Yozda futbolchi to‘liq erkin agent maqomiga ega bo‘ladi. Unga hozirdanoq Xitoydan bir nechta takliflar tushgani haqida xabar berilmoqda. Futbolchining o‘zi esa o‘rtamiyona bo‘lsada, APL klublarida to‘p surishni istamoqda!

Alan Dzagoyev

Mana bir necha yillardan beri SSKA ning eng qimmat futbolchisi bo‘lsada, aytarli natijalarga erisha olmagan futbolchi yozda erkin agentga aylanishi mumkin. U so‘nggi mavsumlarda keragidan ortiq jarohatlar olgani uchun klub u bilan yangi shartnomaga yangi bandlar kiritish maqsadida yuribdi. Ular Alanning o‘ynagan o‘yinlari uchungina pul to‘lashni istashmoqda. Turgan gapki, Dzagoyev bunga rozi emas. Mana shunday chigal vaziyatdan «SSKA»ning azaliy raqibi «Spartak» unumli foydalanib qolishi mumkin. Futbolchining agenti hozirda Moskvaning «Spartak» klubi bilan muzokaralar o‘tkazmoqda. Ko‘ramiz,  Dzagoyevning keyingi manzili RPLning qaysi klubi bo‘lar ekan?

Nacho Monoreal

Mana bir necha yildirki «Arsenal» sharafini himoya qilib kelayotgan futbolchining hizmatlariga Unay Emiri ortiq qiziqish bildirmayapti. Nachoning yozda shartnomasi tugashini inobatga olsak, unga bir nechta klublar taklif bilan chiqishdi. Futbolchining o‘zi esa  «to‘pchilar» safini tark etishni istamayapti. Klub iloji boricha tarkibni yoshartirish va hujum tezligini oshirish maqsadida tezkor va yoshroq futbolchilarga ehtiyoj sezmoqda. Agar voqealar rivoji shunday davom etsa, Nacho Ispaniyaning o‘rtamiyona klublaridan biriga o‘tib ketadi. Unda boshqa variyant yo‘q hisob!

Kompani

Belgiyalik himoyachi yaqindagina «Lester» darvozasiga fantasktik gol urgani ko‘pchilikning yodidan chiqmagan bo‘lsa, ajab emas. Boshlangan narsaning oxiri bo‘ladi deganlaridek, Kompaniyning bu mavsumda  klub bilan tuzgan shartnomasi o‘z yakuniga yetadi. Futbolchining o‘zi klubda qolish istagini bildirgan. Gvardiola esa, o‘z falsafasiga mos tushuvchi himoyachilarni izlash bilan band. Kompani qanchalar klubda qolishni istagani bilan, «Manchester Siti» unga shartnoma taklif etmayapti.  Futbolchining agentining xabar berishicha, «shaxarliklar» futbolchiga bir yillik shartnoma taklif qilishlari mumkin. Kompani esa, hech bo‘lmaganda 2 yillik shartnomani xohlamoqda. Kompaniydek tajribali futbolchini o‘z safida ko‘rish maqsadida yurgan klublar u xohlaganidek shartnoma taklif qilish orqali futbolchini ilib ketishi ham hech gap emas.

Bu futbolchilardan tashqari: Samir Nasri, Darmian, Ochoa, Balotelli,Gary Kehill, Endi Keroll singari  nomdor futbolchilar ham yozda erkin egentga aylanishadi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 16:21, 10.05.2019.
O'qildi: 9808 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.