Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

«Dinamo» - AGMK: Ustunlik kimda?

«Dinamo» - AGMK: Ustunlik kimda?

Baho:
+ | -

Superliganing 8-turi doirasidagi e’tiborli o‘yinlardan biri Samarqandda o‘tadi. Mavsumni ko‘tarinki ruhda boshlagan Davron Fayziyev qo‘l ostidagi “Dinamo” jamoasi ancha tajribali sanalmish Mirjalol Qosimov boshchiligidagi AGMK klubini qabul qiladi.

CocaCola Superliga / 8-tur.
11 may (shanba)
«DINAMO» - AGMK
Samarqand, “Dinamo” stadioni.
Uchrashuv boshlanish vaqti: 17:30
TV-translyasiya: «Sport» TV

Joriy mavsumda…

Yil boshida ikki xil vaziyatda bo‘lgan ushbu jamoalar mavsumni turlicha boshlashdi. “Dinamo” klubi 7 o‘yindan keyin 2 g‘alaba, 3 durang, 2 mag‘lubiyat bilan 9 ochko jamg‘argan holda 7-o‘rinni band etib turgan bo‘lsa, AGMK 7 o‘yindan keyin 2 g‘alaba, 1 durang, 4 mag‘lubiyat bilan 7 ochko to‘plab 10-pog‘onadan joy olgan. 8-turdagi g‘alaba ikki jamoa uchun juda muhim sanaladi.
Zero, 8-turdagi g‘alaba ikki jamoadan birini turnir jadvalidagi holatini ancha yaxshilanishiga yordam beradi.

“Dinamo”ning o‘tkazgan o‘yinlari:

1-tur. “Dinamo” – “Nasaf” – 1:1
2-tur. “Surxon” – “Dinamo” – 1:0
3-tur. “Dinamo” – “Metallurg” – 2:1
4-tur. “Dinamo” – “So‘g‘diyona” – 1:0
5-tur. “Paxtakor” – “Dinamo” – 2:0
6-tur. “Dinamo” – “Navbahor” – 2:2
7-tur. “Andijon” – “Dinamo” – 2:2

AGMKning o‘tkazgan o‘yinlari:
1-tur. AGMK – “Buxoro” – 0:0
2-tur. “Qizilqum” – AGMK – 3:1
3-tur. AGMK – “Qo‘qon-1912” – 7:1
4-tur. “Lokomotiv” – AGMK – 2:1
5-tur. AGMK – “Bunyodkor” – 0:1
6-tur. “Nasaf” – AGMK – 4:0
7-tur. AGMK – “Surxon” – 2:0

Eski tanishlar…

O‘z vaqtida «Dinamo»da to‘p surgan va hozirda AGMK tarkibida to‘p surayotgan futbolchilar talaygina. Xususan, AGMK yarimhimoyachisi Dilshod Jo‘rayev Oliy Ligadagi debyutini 2012 yilda aynan «Dinamo» safida amalga oshirgandi. Hujumchi Shahzodbek Nurmatov ham Oliy Ligadagi ilk o‘yinlarini aynan “Dinamo” safida 2011 yilda o‘tkazgan edi. Qolaversa, olmaliqliklar to‘purari Zafar Polvonov 2012 yilda, yarimhimoyachi San’at Shixov esa 2013-14 yillarda “Dinamo”dagi o‘yinlari bilan samarqandlik muxlislar e’tiboriga tushgan. Shuningdek, AGMK darvozabonlari Suhrob Sultonov va Roman Abdulovlar ham faoliyatidagi ilk o‘yinlarini “Dinamo” safida o‘tkazgan edi.

O‘zaro o‘yinlar: Ustunlik kimda?

«Dinamo» jamoasi Oliy Liga doirasida ushbu jamoaga qarshi 18 marta to‘qnash kelgan. Ushbu bahslarning 6 tasida «Dinamo» g‘alaba nashidasini surgan bo‘lsa, 8 ta o‘yin «Konchilar»ning g‘alabasi bilan tugagan. 4 ta uchrashuvda esa jamoalar murosa yo‘lini tanlashgan.
O‘zaro o‘yinlardagi gollar nisbati 19:24 ko‘rinishida, olmaliqliklar foydasiga. Bahslar davomida AGMK 28, «Dinamo» 22 ochkoni qo‘lga kiritgan. «Dinamo»ning o‘zaro o‘yinlarda qozongan eng yirik g‘alabasi – 4:2 ga teng. AGMKning eng yirik g‘alabasi esa 3:1 natijasidir.
Jamoalarning o‘zaro so‘nggi uchrashuvlarida “Dinamo” 2017 yilgi mavsumda Iskandar Xolmirzayevning jarima zarbasi evaziga AGMKni kichik hisobda mag‘lub eta olgan.

Samarqandda o‘tgan o‘zaro so‘nggi uchrashuvlar:

13.10.2017 «Dinamo» - «Olmaliq» 1:0
31.10.2015 «Dinamo» - «Olmaliq» 1:1
02.10.2014 «Dinamo» - «Olmaliq» 2:1
30.03.2013 «Dinamo» - «Olmaliq» 0:0
09.08.2012 «Dinamo» - «Olmaliq» 0:1
10.06.2011 «Dinamo» - «Olmaliq» 0:1
05.06.2010 «Dinamo» - «Olmaliq» 4:2.

«Dinamo» klubi matbuot xizmati.

Manba: www.fcdinamo.uz
Kiritildi: 03:46, 11.05.2019.
O'qildi: 2287 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.