Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi 3-0 Andijon
10/03 19:45 Mash’al 0-2 Qizilqum
10/03 20:30 Paxtakor 0-2 Navbahor
10/03 22:45 Galatasaroy 1-0 Liverpul
11/03 01:00 Atalanta 1-6 Bavariya
11/03 01:00 Atletiko 5-2 Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl 1-1 Barselona
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm
11/03 22:45 Bayer - Arsenal
12/03 01:00 Bude-Glimt - Sporting
12/03 01:00 PSJ - Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid - Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK - So‘g‘diyona
12/03 19:45 Dinamo - Nasaf

Aprel oyining eng yaxshi murabbiyi – Vadim Abramov

Aprel oyining eng yaxshi murabbiyi – Vadim Abramov

Baho:
+ | -

Bilasiz, O‘zbekiston Professional futbol ligasi 2018 yilgi mavsumning har oyidan keyin to‘rt yo‘nalish bo‘yicha eng yaxshilarni aniqlab keldi: eng yaxshi murabbiy, eng yaxshi futbolchi, eng yaxshi darvozabon va eng chiroyli gol. Tashkil etilgan so‘rovnoma yakunlariga ko‘ra eng ko‘p ovoz to‘play olgan nomzodlar tashkilotning eng yaxshilar uchun atalgan statuetkalarini qabul qilib olishdi.

2019 yilgi mavsumda ham mazkur an’anani davom ettiramiz. Joriy yildan e’tiboran Tribuna.uz nashri oy laureatlarini aniqlashda axborot hamkori sifatida ishtirok etadi. Artelsavdo belgisi esa oyning eng yaxshilariga o‘z smartfonlarini taqdim etadi.

Eng yaxshilarni aniqlash shartlari o‘zgarmaydi. CocaCola Superliganing 14 klubi bosh murabbiylari hamda sardorlari ko‘rsatilgan nomzodlarni uchtalikka joylashtirib chiqadi. Dastlabki o‘rinda ko‘rsatilgan nomzod 3, mos ravishda keyingi ikki o‘rindagilar 2 va 1 ochkolik bo‘ladi. Shuningdek, Tribuna.uz nashri futbol muxlislari o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazdi. Bunda muxlislar ovozi katta ahamiyatga ega bo‘lib, birinchi o‘rinni egallagan nomzod 6, mos ravishda keyingilar 4 va 2 ochkodan qo‘lga kiritadi. Yakunda eng ko‘p ball to‘plaganlar oyning eng yaxshilari sifatida e’tirof etiladi.

Ortda qolgan aprel oyida CocaColaSuperligada 4 ta tur uchrashuvlari o‘tkazildi. Mazkur uchrashuvlar davomida bir qator jamoalar mazmunli o‘yin namoyish etib, muxlis-u mutaxassislar olqishiga sazovor bo‘ldi. Bunda ushbu jamoalar ustozlarining ham o‘rni beqiyos ekanini qayd etish joiz. 

CocaColaSuperliga jamoalari murabbiylar, sardorlari hamda muxlislar o‘rtasida tashkil etilgan so‘rovnoma yakunlariga ko‘ra, “Bunyodkor” jamoasi (4 o‘yin – 3 g‘alaba – 1 durang) ustozi Vadim Abramov Aprel oyining eng yaxshi murabbiyi deb topildi. U bu borada “Lokomotiv” bosh murabbiyi Andrey Fyodorovni bir ochkoga ortda qoldirdi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 10:31, 11.05.2019.
O'qildi: 2520 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.