Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Man. Yunayted 3-2 Nyukasl
16/05 00:00 Reyms 1-0 Marsel
16/05 00:00 Nissa 1-2 PSJ
16/05 01:00 Selta 2-1 Atletik Bilbao
16/05 01:00 Xetafe 0-3 Atletiko
16/05 22:30 Las-Palmas 2-2 Betis
17/05 00:30 Almeriya 0-2 Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad 1-0 Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina - Napoli
18/05 21:00 Lechche - Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe

Fazliddinning murabbiyi bugungi mag‘lubiyat haqida gapirdi

Fazliddinning murabbiyi bugungi mag‘lubiyat haqida gapirdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar
Xabar berganimizdek, bugun tongda professional bokschimiz Fazliddin G‘oibnazarov AQSHning Arizona shtati Tuson shahrida o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazdi.

Fazliddinga sakkizinchi jangida amerikalik Maykl Foks raqiblik qildi. O‘n raund to‘liq davom etgan jangda bokschimiz 92:96, 92:96, 93:95 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. 

Bu G‘oibnazarovning professional boksdagi ilk mag‘lubiyati edi. Shu yilning fevral oyida yana bir charm qo‘lqop ustamiz Shohjahon Ergashev aynan Maykl Foksni mag‘lubiyatga uchratgandi. 

Bugungi jangdan so‘ng Fazliddinning murabbiyi, ham havaskor, ham prof boksdagi faoliyati davomida shogirdining yonida bo‘layotgan Abror Tursunpo‘latov saytimiz uchun o‘z fiklarini bayon etdi.

"Balki, bugungi mag‘lubiyat yaxshilikkadir. Lekin umumiy olganda, Fazliddin bugun mag‘lubiyatga munosib emasdi. Dastlabki uchta raund Fazlining foydasiga hal bo‘ldi. Hammasi rejamiz asosida ketayotgandi. 

Ammo, to‘rtinchi raundda referi bokschimizga ogohlantirish berdi. Foksning bo‘yi ancha baland bo‘lgani uchun uning o‘zi klinchga kirib, Fazliddinni quchoqlab olaverdi. Shogirdim har safar chiqib ketishga harakat qildi. 

Keyingi ikkita raundda taktikani o‘zgartirib, biz biroz tempni tushirdik. Odatda professional boksda shunday yo‘l tutiladi. Biroz nafas rostlab olib, keyin to‘liq kuch bilan hujumga o‘tiladi. 

To‘qqizinchi raundga kelganda, men Fazliga raqibni faqat yiqitish evaziga mag‘lub eta olishini aytdim. Chunki, teng kurashlar ostida kechayotgan janglarda hakamlar g‘alabani hamisha mezbon bokschiga berishadi. 

Shunda Fazliddin, Abror aka, raqibning bo‘yi haddan ziyod baland, zarbam manzilga yetib bormayapti, dedi. Nachora, yakunda men o‘ylagandek bo‘lib chiqdi. Hakamlar durangga tortadigan jangda g‘oliblikni mezbon bokschiga taqdim etishdi. 

Foks bundan avvalgi jangida Shohjahonga yutqazgandi. Ergashevning ustun tomonlaridan biri Maykldan bo‘y borasida juda ham past emasdi. Fazliga aynan bo‘y tafovuti ham pand berdi. 

Men jang yakunlanishi bilan TOP Rank menejeri bilan gaplashdim. Bizga yanada kuchliroq berishlarini so‘radim. Tavakkal qilib, kuchli raqib bilan jang o‘tkazishimiz kerak. Shunda reytingda tezda yuqorilab, chempionlik jangi uchun imkoniyat yuzaga keladi", - dedi saytimizga bergan eksklyuziv intervyusida Fazliddinning murabbiyi.  

Manba: Olamsport
Kiritildi: 11:16, 12.05.2019.
O'qildi: 3165 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.