Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/01 20:00 Vyetnam 2-2 Janubiy Koreya
24/01 00:45 Inter 6-2 Piza
24/01 01:00 Levante 3-2 Elche
24/01 17:30 Vest Xem 3-1 Sanderlend
24/01 18:00 Rayo Valyekano 1-3 Osasuna
24/01 19:00 Komo 6-0 Torino
24/01 20:00 Xitoy - Yaponiya
24/01 20:00 Byornli 2-2 Tottenhem
24/01 20:00 Fulhem 2-1 Brayton
24/01 20:00 Manchester Siti 2-0 Vulverhempton
24/01 20:15 Valensiya 3-2 Espanyol
24/01 22:00 Fiorentina - Kalyari
24/01 22:30 Sevilya - Atletik Bilbao
24/01 22:30 Bornmut - Liverpul
25/01 00:45 Lechche - Lasio
25/01 01:00 Vilyarreal - Real Madrid
25/01 16:30 Sassuolo - Cremonese
25/01 18:00 Atletiko - Malyorka
25/01 19:00 Atalanta - Parma
25/01 19:00 Jenoa - Bolonya
25/01 19:00 Nyukasl - Aston Villa
25/01 19:00 Brentford - Nottingem Forest
25/01 19:00 Kristal Pelas - Chelsi
25/01 20:15 Barselona - Real Ovyedo
25/01 21:30 Arsenal - Man. Yunayted
25/01 22:00 Yuventus - Napoli
25/01 22:30 Real Sosyedad - Selta

Mino Rayola De Ligtni «Barselona»ga o‘tishiga nega qarshilik qilmoqda?

Mino Rayola De Ligtni «Barselona»ga o‘tishiga nega qarshilik qilmoqda?

Baho:
+ | -

Yoz yaqinlashgani sari transfer oynasida yangiliklar ko‘payib boraveradi. Hozirda top klublar o‘z tarkibini kuchaytirib olish maqsadida yangi futbolchilarni harid qilishni istashlari turgan gap! Bugun  e’tiboringizga transfer oynasi atrofidagi so‘nggi yangiliklarni taqdim e’tamiz

«Barselona» Suarezdan norozi

Bu mavsumda Urugvaylik futbolchi «Barselona» tarkibidagi eng bo‘sh mavsumini o‘tkazganidan xabaringiz bo‘lsa  kerak. Ispaniyalik mashxur jurnalist Alberto Rega o‘z blogida yozishicha «Barsa» Suarezning davri o‘tgan deb hisoblamoqda va uning o‘rniga tezkor hujumchi harid qilish haqida bosh qotirmoqda. Rega bir nechta variyantlar ichida Grizman tanlovi haqiqatga yaqinroq deb post qoldirgan.

Grizman baribir ketadigan ko‘rinadi

Darhaqiqat, «Ateltiko Madrid» hujumchisi jonajon klubidan ketishi  tobora oydinlashib bormoqda. Sababi Simionening uslubi borgan sari kamroq samara bermoqda va Antuan o‘rtamiyona klub futbolchisiga aylanib qolyapti. Amaldagi Jahon chempioni sanaladigan futbolchining o‘zi ham «Barselona»ga o‘tishga qarshi emas. Bu transferning tahminiy qiymati 80 va 100 million oralig‘ida deb baholanmoqda. «Matraschilar» Lukas va Godin bilan xayrlashishgan bo‘lsa, Diyego Kosta avvalgi darajasida futbol namoyish etmayapti, Morata esa barqaror o‘yin ko‘rsatmayapti. Bir so‘z bilan aytganda Antuan umid qilgan kema sekin-astalik bilan cho‘kib bormoqda va u ham hademay bu kemani tark etadigandek…

Ochofat Mino Rayola

O‘zining uddaburonligi bilan futbol olamida juda mashxur bo‘lgan Mino Rayola  Matiyes De Lightni «Barselona»ga sotishdan bosh tortdi. «Marca» nashrining habar berishicha tomonlar futbolchining transfer sumasini 70 millionga baholagan va bu summaning 20 foizi Rayolaga tegishi kerak. «Ayaks» klubi Rayolaning talabidan g‘azabga mindi va «Barselona»dan transfer summasini ko‘tarishini talab qildi. Bu ham yetmagandek boshqa takliflarni ham ko‘rib chiqish haqida bayonot bergan. Oqibatda «Barselona» klub va futbolchining agenti hoxish istaklarini inobatga olib futbolchini qo‘lga kiritish uchun ko‘proq pul to‘laydigan bo‘ldi.  Yana o‘sha «Marca» nashri ma’lumotlariga tayanadigan bo‘lsak, futbolchining shartnomasini Mateysga manfaatli bo‘lishi uchun  Mino Rayola hozirda Kataloniyada rahbariyati bilan «jang» olib bormoqda. Agar bu transfer amalga oshadigan bo‘lsa, Italiyalik agent naqd 14 million yevrolik bo‘lib olishi mumkin! Uning ishbilarmonligiga qoyil qolmasdan ilojimiz yo‘q!

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 13:57, 12.05.2019.
O'qildi: 9613 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.