Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal 1-2 Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad 3-3 Alaves
11/04 18:00 Kalyari 1-0 Cremonese
11/04 18:00 Torino 2-1 Verona
11/04 19:00 Brentford 2-2 Everton
11/04 19:00 Byornli 0-2 Brayton
11/04 19:15 Elche 1-0 Valensiya
11/04 21:00 Milan 0-3 Udineze
11/04 21:30 Liverpul 2-0 Fulhem
11/04 21:30 Barselona 4-1 Espanyol
11/04 23:45 Atalanta 0-1 Yuventus
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor - Surxon
12/04 17:00 Dinamo - Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 18:15 Andijon - OKMK
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe

Buxoroda viloyat hokimi boshchiligida yurish marafoni o‘tkazildi

Buxoroda viloyat hokimi boshchiligida yurish marafoni o‘tkazildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Kecha, 12 may kuni Buxoro shahrida “Men sog‘lom turmush tarafdoriman” shiori ostida yurish bo‘yicha marafon va “Buxoro” sport majmuasida ommaviy badantarbiya o‘tkazildi.

Ushbu tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 18 dekabridagi “Yuqumli bo‘lmagan kasalliklarning profilaktikasini, sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va aholining jismoniy faolligi darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash hamda aholi orasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish maqsadida tashkil etildi.

Marafonga Buxoro viloyat hokimi O‘ktam Barnoyev boshchilik qildi.

Shu kuni ertalab viloyat hokimi o‘rinbosarlari, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, korxona va tashkilot mutasaddilari va xodimlari, taniqli estrada xonandalari va kino aktyorlari, talabalar, umuman olganda, sog‘lom turmush tarzini salomatlik asosi deb bilgan hamyurtlarimiz Buxoro neft va gaz sanoati kolleji yonida jam bo‘lishdi.

Tadbirda yurtimizda jismoniy tarbiya va sport ommalashtirishga qaratilgan tadbirlarning faol ishtirokchisi, Olimpiya o‘yinlari sovrindori, boks bo‘yicha jahon chempioni Shahram G‘iyosov ham ishtirok etdi. O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti viloyat kengashi tomonidan yosh kartingchilarning ham ishtiroki ta’minlandi.

O‘n ming nafarga yaqin marafon qatnashchilari Buxoro neft va gaz sanoati kollejidan “Buxoro” sport majmuasiga bo‘lgan masofani bosib o‘tishdi. Majmuada esa badantarbiya mashqlari o‘tkazildi. Tadbirda so‘z olgan viloyat hokimi O‘ktam Barnoyev sog‘lom turmush tarzining ahamiyati xususida so‘z yuritar ekan, endilikda bu kabi tadbirlarni keng qamrovda va doimiy tarzda ravishda o‘tkazib turilishini ta’kidladi. Sog‘lom turmush tarzining muhim shartlaridan biri bo‘lgan yurish va badantarbiya targ‘ibotiga hissa qo‘shish, bu borada aholi qiziqishini oshirishda barchani faollikka chorladi.

Ma’lumot uchun, Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotiga ko‘ra, inson salomatligi 55 foiz holatda sog‘lom turmush tarziga, 20 foizi yashayotgan ekologik muhitiga, 15 foizi irsiy omillarga, bor yo‘g‘i 10 foizi tibbiyotga bog‘liq ekan. Demak, sog‘lom turmush tarziga muntazam ravishda amal qilish turli xastaliklardan xoli, chiroyli va baxtli yashash omilidir.

 
Manba: Minsport
Kiritildi: 10:25, 14.05.2019.
O'qildi: 1822 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик