Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/12 00:45 Atalanta 0-1 Inter
30/12 00:45 Roma 3-1 Jenoa
31/12 00:30 Byornli - Nyukasl
31/12 00:30 Chelsi - Bornmut
31/12 00:30 Nottingem Forest - Everton
31/12 00:30 Vest Xem - Brayton
31/12 01:15 Arsenal - Aston Villa
31/12 01:15 Man. Yunayted - Vulverhempton

Manchesterda Xalqaro taekvondo WT federasiyasining Bosh Assambleyasi o‘tkazilmoqda

Manchesterda Xalqaro taekvondo WT federasiyasining Bosh Assambleyasi o‘tkazilmoqda

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Xabaringiz bor, ertaga Buyuk Britaniyaning Manchester shahrida taekvondoning WT yo‘nalishi bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi jahon chempionati start oladi. Barcha sport turlarida bo‘lgani singari bu yirik musobaqadan avval Xalqaro federasiyaning Bosh assambleyasi tashkil qilindi. Mazkur tadbirda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi va O‘zbekiston taekvondo assosiasiyasi vakillari ham bevosita ishtirok etishmoqda.

Assambleyaning birinchi qismida kun tartibiga qo‘yilgan asosiy mavzu taekvondo sportining butun dunyo bo‘ylab ommalashuvini yanada kengaytirish va Xalqaro federasiyaning moliyaviy holati bo‘ldi. Kunning birinchi yarmida mana shu masalalarga alohida urg‘u berildi va dastlab Xalqaro federasiya moliya bo‘limining audit hisoboti tinglandi. Shuningdek, yangi mavsum uchun Xalqaro taekvondo WT federasiyasi byudjeti tasdiqlandi.

Ayni paytda Bosh Assambleya yig‘ilishi o‘z ishini davom ettirmoqda. Kun davomida janglar paytida sportchilarning harakatini baholashda kiritiladigan o‘zgarishlar, Xalqaro federasiya bayrog‘i ostida o‘tadigan musobaqalarning tashkiliy jihatlar borasidagi yangiliklari, shuningdek, yaqin yillar ichida o‘smirlar, yoshlar va kattalar miqyosidagi musobaqalarga mezbonlik qiluvchi shaharlarni aniqlash kabi masalalar ham muhokamaga qo‘yiladi.

Qolaversa, Bosh Assambleya davomida xalqaro federasiyaning Ijroqo‘m, tibbiy va texnik qo‘mitalarining hisoboti tinglanib, bu yil Italiyaning Neapol shahrida bo‘lib o‘tadigan yozgi Universiada o‘yinlari va Tokio Olimpiadasiga ko‘rilayotgan tayyogarlik yuzasidan taqdimot namoyish etilishi ham belgilab qo‘yilgan.

Ma’lumot uchun, Bosh Assambleya yig‘ilishida mamlakatimiz nomidan O‘zbekiston Milliy olimipiya qo‘mitasi prezidenti maslahatchisi Nazirjon Xudoyqulov hamda O‘zbekiston taekvondo assosiasiyasi Bosh kotibi Abduazim Isroilovlar ishtirok etishmoqda.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 16:48, 14.05.2019.
O'qildi: 1646 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.