Bugun Buyuk Britaniyaning Manchester shahrida taekvondo bo‘yicha jahon chempionati bahslari boshlanadi. Bugungi kun dasturida erkaklar o‘rtasida -58 kg, ayollar o‘rtasida -46 va -73 kg vazn toifalarida bellashuvlar o‘tkaziladi.
Terma jamoamiz vakillaridan Suhrob Bobobekov birinchi bo‘lib musobaqani boshlab beradi. -58 kg vazn toifasida jang qiladigan taekvondochimiz bugun dastlabki davrada estoniyalik Aleksandr Galaktionovga qarshi bahs olib boradi.